Shri-Lankada ommaviy tartibsizliklar vaqtida 200dan ortiq kishi jarohatlandi

Jahon 15:26 / 10.05.2022 4287

Shri-Lankada yuz bergan ommaviy norozilik namoyishlari va to‘qnashuvlar vaqtida bir nafar politsiyachi halok bo‘ldi, 200 nafardan ortiq odam jarohatlandi. Bu haqda Daily Mirror gazetasi xabar berdi.

Nashrning yozishicha, hukumatga qarshi norozilik namoyishlari vaqtida jarohat olganlar soni 210 nafarga yetgan. Ular Kolombo milliy shifoxonasiga murojaat qilgan.

Avvalroq France-Presse agentligi to‘qnashuvlar vaqtida besh kishi halok bo‘lgani haqida xabar qilgandi.

Seshanba kuni Shri-Lanka prezidenti Gotabaya Rajapaksa akasi, bosh vazir Maxind Rajapaksaning iste’fosini qabul qilgandi

Orolda iqtisodiy inqiroz sababli norozilik namoyishlari o‘tkazilmoqda. Mamlakatda 11 maygacha komendantlik soati joriy etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: