Germaniya Ukrainaga zamonaviy tanklar va gaubitsalar yetkazib beradi

Jahon 19:37 / 10.05.2022 8671

Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok yaqin kunlarda ukrain harbiylarini PzH 2000 gaubitsalaridan foydalanishga o‘qitish boshlanishini e’lon qildi.

«Navbatdagi qadam zamonaviy tanklar, gaubitsalar bo‘ladi. Germaniya va Niderlandiya birgalikda bu gaubitsalarni yetkazib beradi, chunki bir mamlakatning o‘zi hamma narsani yetkazib bera olmaydi. Germaniya yettita gaubitsa beradi va harbiylarni o‘qitishni boshlaymiz»,— dedi u. 

Annalena Berbokning so‘zlariga ko‘ra, texnikalar ukrainalik harbiylarni o‘qitish yakunlanguniga qadar yetkazib beriladi. 

«Biz bundan buyon ham ozod Ukrainani gumanitar, moliyaviy, iqtisodiy, texnologik, siyosiy va energetika masalalarida qo‘llab-quvvatlashni davom ettiramiz»,— dedi Berbok. 

Avvalroq Germaniya tashqi ishlar vaziri Ukrainaga tashrif buyurgani xabar qilingandi. 

Ko‘proq yangiliklar: