Germaniya tashqi ishlar vaziri Ukrainaga keldi

Jahon 18:41 / 10.05.2022 5859

Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok Ukrainaga tashrif buyurdi, deb xabar berdi Zeit.

Xabarda aytilishicha, u ukrainalik hamkasbi Dmitriy Kuleba bilan uchrashishdan oldin Kiyev oblastidagi Bucha shahriga bordi.

Berbok Bucha aholisi bilan suhbatlashdi, shahardagi holat bilan tanishdi.

Nashrning yozishicha, u shuningdek, Germaniyaning Kiyevdagi elchixonasini ochadi. Elchixona fevral o‘rtalarida yopilgandi.

Avvalroq Germaniya «Xristian-demokratik ittifoqi» raisi  Fridrix Mers Kiyevga kelgandi. 8 may kuni Ukrainaga bundestag rahbari Berbel Bas tashrif buyurdi.

Ko‘proq yangiliklar: