Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Hisor» qo‘riqxonasida noyob qor qoploni fotoqopqonga tushdi
Qashqadaryo viloyatidagi «Hisor» davlat qo‘riqxonasiga o‘rnatilgan fotoqopqon yana noyob qor qoplonini kamera obektiviga muhrladi.

Qo‘riqxona ma’muriyatining xabar berishicha, qo‘riqlash xodimi bosh mutaxassisi Abdulaziz Xudoyqulov va qo‘riqlash xodimi Hasan Rahmonov tomonidan o‘rnatilgan yashirin fotoqopqonlarga yana bir bosh qor qoploni videotasvirga muhrlangan.
Qayd etilishicha, qor qoploni – Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi va O‘zbekiston «Qizil kitob»iga kiritilgan dunyo miqyosidagi noyob tur hisoblanadi.
Shuningdek, u SITES - yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risidagi Konvensiya ro‘yxatiga kiritilgan. Qor qoplonini ovlash qat’iyan taqiqlangan.
Qor qoploni O‘zbekistondan tashqari Xitoy, Nepal, Qirg‘iziston, Mongoliya, Tojikiston, Pokiston, Rossiya, Qozog‘iston, Hindiston, Afg‘oniston va Butan kabi davlatlar hududida uchraydi.
Mushuksimonlar oilasiga mansub bu noyob jonivorni mamlakatimizda muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Jumladan, «Hisor» davlat qo‘riqxonasida qor qoplonining erkin yashash tarzi va ko‘payishi uchun doimiy muhofaza choralari amalga oshirib kelinadi.
«Hisor» davlat qo‘riqxonasiga o‘rnatilgan fotoqopqonlar fevral va mart oylarida ham uch marta qor qoplonini tasvirga olgandi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

12:40 / 23.02.2025
Surxondaryodagi milliy tabiat bog‘ida fotoqopqonga qor qoploni tushdi

11:02 / 08.07.2024
«Hisor» qo‘riqxonasida qor qoploni fotoqopqonga tushdi

09:50 / 07.04.2024
«Hisor» qo‘riqxonasida noyob qor qoplonlari fotoqopqonga tushdi

08:51 / 18.03.2024