Kambeksevar «Real» inglizcha finalga rozi bo‘lmadi va dramatik o‘yinda «Man Siti»ni mag‘lub etdi

Sport 02:41 / 05.05.2022 31634

Yevropa Chempionlar Ligasida ikkinchi finalchi ham aniqlandi. 

«Real» pley-offning avvalgi bosqichlarida bo‘lganidek yana kambek qildi va finalga yo‘l oldi.
Mahrezning 73-daqiqadagi chiroyli goliga zaxiradan tushgan Rodrigo 90 va 90+1-daqiqalarda javob berib, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra hisobni tenglashtirdi. Qo‘shimcha taymlarning birinchisida esa Benzema o‘zi ishlagan penaltidan unumli foydalanib, g‘alaba to‘pini kiritdi.

Anchelotti jamoasi turnir g‘olibligi uchun APLning yana bir vakili «Liverpul» bilan o‘ynaydi. Bellashuv 28 may kuni Parijda bo‘lib o‘tadi.

YeChL. 1/2 final. Javob o‘yini
Real — Manchester Siti 3:1

4 may, «Santyago Bernabeu»
Gollar: Rodrigo (90, 90+1), Benzema (95, penalti) — Mahrez (73).
Real – Kurtua, Karvaxal, Nacho, Militao (Valexo, 115), Mendi, Modrich (Kamavinga, 75), Kroos (Rodrigo, 68), Kazemiro (Asensio, 75), Valverde, Benzema (Sebalos, 104), Vinisius (Vaskes, 115). 
Manchester Siti – Ederson, Uoker (Zinchenko, 72), Laport, Diash, Kanselu, de Bryuyne (Gundo‘g‘an, 72), Silva, Rodri (Sterling, 99), Foden, Mahrez (Fernandino, 85), Jyezus (Grilish, 78).
Ogohlantirishlar: Laport (9), Modrich (9), Karvaxal (65), Militao (84), Valverde (90+6), Sterling (101), Zinchenko (113).
Birinchi o‘yin — 3:4.

Ko‘proq yangiliklar: