XTV tizimidagi barcha maktablarda autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi tasarrufidagi ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Loyihada XTV tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari, barcha turdagi maktab-internatlar va Mehribonlik uylarida (ta’lim tashkilotlari) autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish taklif etilmoqda. Tashabbus mualliflari – Xalq ta’limi va Sog‘liqni saqlash vazirliklari.
Taklifga ko‘ra:
- ta’lim tashkilotlarida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish hududiy XTBlar tomonidan o‘tkaziladigan xarid qilish tartibi natijalariga ko‘ra tashkil qilinadi;
- ta’lim tashkilotida ovqatlantirish autsorsing usulida tashkil etilganda, ijara shartnomasi doirasida autsorserga vaqtincha foydalanishga beriladigan oshxonaning ishlab chiqarish va ovqatlanish xonalari, asbob-uskunalari, idish-tovoqlari va mebelidan foydalanganlik uchun to‘lov “nol” stavka bo‘yicha belgilanadi va ulardan samarali foydalanish, saqlanishi va butligi autsorserga yuklanadi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati:
- ta’lim tashkilotlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar, shuningdek, ularda foydalaniladigan texnologik jihozlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligi, oshxona xodimlari tomonidan sanitariya-gigiyena talablari bajarilishiga rioya etilishini aniqlash yuzasidan sanitariya holatini o‘rganib boradi;
- Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda o‘quvchilarning fiziologik yoshiga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘yiladigan talablarni inobatga olgan holda, ularni ratsional kunlik ovqatlantirish me’yorlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Mavzuga oid

13:32 / 07.03.2025
O‘zbekistonda rasmiy statistikani tayyorlashga autsorsing joriy etiladi

21:26 / 10.01.2025
Davlat bog‘chalarida «Yagona mavsumiy taomnoma» joriy etiladi

11:41 / 09.01.2025
Tibbiyotda stomatologiya xizmati autsorsing asosida xususiy sektorga beriladi

17:37 / 19.08.2024