«Real» revansh ilinjida, Emeri «Liverpul»ga qarshi chora topa oladimi? YeChLda yarimfinal javob o‘yinlari oldidan

Sport 15:29 / 03.05.2022 31545

Klopp va «Liverpul» «oltin poker» sari qadam tashlay oladimi?

«Liverpul» joriy mavsum Angliya liga kubogini qo‘lga kiritishga ulgurdi, 14 may kuni ularni «Chelsi»ga qarshi Angliya kubogi finali kutib turibdi. Bundan tashqari, Klopp shogirdlari «Siti» bilan Premer-liga chempionligi uchun ham kurash olib borishmoqda. Xalqaro maydondagi chempionlik uchun ham imkoniyat paydo bo‘lishi uchun esa, mersisaydliklar seshanba oqshomida Ispaniyadan YeChL finali yo‘llanmasi bilan qaytishlari zarur. 

«Liverpul» yarimfinalning dastlabki o‘yinida «Enfild Road»da «sariq submarina»ni «cho‘ktirdi» – 2:0. Natijada Ispaniyadagi o‘yinga favorit sifatida bormoqda. «Vilyarreal»ga qarshi bahsda liverpulliklar safida Firminoni aytmasa, jiddiy yo‘qotish yo‘q. Shunday ekan, Klopp va uning jamoasi «oltin poker» sari navbatdagi dadil qadamni tashlashi mumkin. Bungacha Yevropada faqat bitta klub - «Seltik» 1966/67 yilgi mavsumda «oltin poker» qayd eta olgan. 

Uyida devorlar ham yordam beradigan «Vilyareal»

«Estadio-de-la-Keramika»dagi o‘yin umuman boshqacha bo‘ladi», - deya va’da bergandi «Vilyarreal» ustozi Unai Emeri «Enfild»dagi bahsdan keyin.  

«Sariq suv osti kemasi» o‘z maydonida 5 oydan buyon mag‘lubiyat nimaligini bilmayapti. Muxlislari qarshisidagi o‘yin maydon egalariga qo‘shimcha kuch va ishonch bag‘ishlamoqda. «Liverpul» singari «Bavariya» ham Ispaniyadagi bahsga favorit sifatida yo‘l olgan va mag‘lubiyat sabab yakunda turnirni tark etgan edi. O‘sha o‘yinda hisob yirik ko‘rinish olmagani myunxenliklarning omadi sifatida qayd etilgandi. Bu safar Emeri shogirdlarini aynan yirik hisobli g‘alaba finalga olib chiqishi mumkin. 

«Siti» va boy berilgan vaziyatlar

«Riyod, Riyod...», - deya baqirgan edi Gvardiola Mahrez hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirish uchun paydo bo‘lgan ajoyib vaziyatni ko‘kka sovurganida. O‘sha vaziyatda Riyod to‘pni bo‘sh darvoza qarshisida turgan Fil Fodenga uzatmagandi. Umuman, dastlabki bo‘limni o‘zida Mahrez het-trik qayd etish imkoniyatiga ega edi. 

Kimda qancha vaziyat bo‘lgani raqamlarda ham namoyon: «Siti» «Real»ga qarshi o‘yinda 77ta hujum yaratgan, mehmonlarda esa bu ko‘rsatkich – 28taga teng. 

«O‘yinni zo‘r boshlagandik va intrigani o‘ldirishimiz mumkin edi. Bunday katta o‘yinlarda vaziyatlardan foydalanish shart», - dedi Foden o‘yindan keyin. Ko‘ramiz, uning maqsadi «Santyago Bernabeu»dagi bahsda amalga osharmikan. 

Benzema Ronaldu rekordini takrorlashga yaqin

Bu mavsumga qadar Karim Benzema hech qachon YeChLning bir mavsumida 7tadan ko‘p gol kirita olmagan edi. «Manchester Siti»ga qarshi yarimfinaldagi dubldan keyin esa fransiyalik forvard hisobida allaqachon 14ta gol bor va u Levandovskini ortda qoldirgan holda YeChL 2021/22 mavsumining to‘purarlar kurashida yaqqol peshqadamga aylanib oldi. Pley-off o‘yinlarida bir mavsumda eng ko‘p gol urish bo‘yicha rekord Ronalduga (10) tegishli bo‘lib, Benzema bitta gol bilan uning natijasini takrorlashi mumkin. 

Bir mavsumda eng ko‘p gol kiritgan to‘purarlar ro‘yxatida ham Ronaldu (17) rekordchi sanaladi. Benzema yana uchta gol kiritib, Krishtianuning ham o‘zgarmayotgan rekordini takrorlash imkoniyatiga ega. Joau Kanselu va Kayl Uokerning «Real»ga qarshi o‘ynashi so‘roq ostida ekanini inobatga olsak, Karim «Bernabeu»da yana katta sahnaga chiqsa, ajabmas. 

YeChL. Yarimfinal. Javob uchrashuvlari

3 may (seshanba)

«VILYaRReAL» - «LIVeRPUL»

O‘yin boshlanish vaqti: 23:59

TV-translatsiya: Sport

«Vilyarreal»: Ruli; Foyt, Albiol, Pau Torres, Estupinyan; Parexo, Kapu, Koklen; Lo Chelso, Jyerar Moreno, Pako Alkaser

O‘ynamaydi: Alberto Moreno (koleno), Pino (myshsa)

So‘roq ostida: Jyerar Moreno (mushak), Albiol (mushak), Koklen (mushak), Dandjuma (mushak)

«Liverpul»: Alisson; Aleksander-Arnold, Konate, van Deyk, Roberson; Henderson, Fabino, Tyago Alkantara; Saloh, Mane, Dias

O‘ynamaydi: Firmino (to‘piq).

Birinchi o‘yin: 0:2 

4 may (chorshanba)

«ReAL» - «MANCheSTeR SITI»

O‘yin boshlanish vaqti: 23:59

TV-translatsiya: Sport

«Real»: Kurtua; Karvaxal, Eder Militao, Nacho, Mendi; Modrich, Kazemiro, Kroos; Valverde, Benzema, Vinisius Junior

O‘ynamaydi: Azar (jarohat)

So‘roq ostida: Alaba (mushak), Beyl (bel)

«Manchester Siti»: Ederson; Joau Kanselu, Ruben Diash, Laport, Zinchenko; de Bryuyne, Rodri, Bernardu Silva; Mahrez, Jyezus, Foden

O‘ynamaydi: Uoker (jarohat)

So‘roq ostida: Stounz (mushak), Ake (jarohat).

Birinchi o‘yin: 3:4.

Ko‘proq yangiliklar: