Mana shu kunlarda barcha xohlovchilar rezidensiyaning B blokidagi hisob bo‘yicha uchinchi qurib bitkazilgan hovli-bog‘iga tashrif buyurishi mumkin bo‘ladi. Farzandlaringiz bilan kelishingiz, o‘yin maydonchasida o‘ynashingiz, dam olish maskanida hordiq chiqarishingiz, shuningdek A blokda maydoni 120 sotix bo‘lgan, yaqinda foydalanishga topshirilgan hovli-bog‘ga tashrif buyurishingiz mumkin.
Mirabad Avenue jamoasi muqaddas Ramazon hayiti bilan tabriklaydi va sizlarni A va B bloklaridagi obodonlashtirilgan hovli-bog‘lariga tashrif buyurishga taklif qiladi. Har bir hovli-bog‘ avtomashinalardan xoli, obodonlashtirilgan, sun’iy suv havzalari va sharsharalar bilan hayratda qoldiradi – ayniqsa, issiq yoz kunlarida bu yerda vaqt o‘tkazish yoqimli bo‘ladi.
Kuni kecha B blokida qurilish ishlari yakunlandi. Ushbu blokdagi obodonlashtirilgan hovli-bog‘ning maydoni 45 sotixni tashkil etadi. Tez orada aholi ixtiyorida farovon yashash uchun dam olish zonasidan tashqari, shinam dam olish joyi va o‘yin maydonchasi, qahvaxona va chaqaloqlarga enaga xizmatiga ega bolalar o‘yin maydonchasi ham foydalanishga topshiriladi.
A blokidagi hovli-bog‘ Mirabad Avenue rezidensiyasidagi eng katta bog‘ hisoblanadi. Uning umumiy maydoni 120 sotix bo‘lib, loyiha ustidagi ishlar 3 yil davomida amalga oshirildi. A blokidagi yopiq hovli-bog‘ hududida aholi quyidagilardan foydalanishlari mumkin:
- qulay mebel va elektr ta’minoti modullari bilan jihozlangan ikki darajali dam olish maydoni, ham dam olish uchun, ham ochiq havoda ishlash uchun ideal;
- bolalar uchun o‘yin maydonchasi;
- quruq favvoralar zonasi;
- yugurish yo‘laklari.
Bundan tashqari, tez orada A blokining aholisi quyidagilardan foydalanishlari mumkin:
- chaqaloqlarga qarash xizmatiga ega bolalarni rivojlantirish klubi;
- aholi uchun qahvaxona;
- oilaviy bayramlar uchun restoran;
- fitnes-zal.
3, 4 va 5 may kunlari Mirabad Avenue rezidensiyasi barchani obodonlashtirilgan hovli-bog‘larga taklif qiladi. B blokida mehmonlarni limonad bari, shuningdek, sun’iy suv havzalari va sharsharalar bilan obodonlashtirilgan piyoda maydoni kutmoqda. Bu fotosessiyalar uchun juda ajoyib joy hisoblanadi.
Loyiha ko‘lamini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rish uchun Mirabad Avenue rezidensiyasiga tashrif buyuring!
Batafsil ma’lumot uchun savdo ofisimizga tashrif buyurishingiz yoki quyidagi telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin: (+998) 78-150-22-22.
Savdo ofisining manzili: Mirobod ko‘chasi, Mirabad Avenue rezidensiyasi, D blok.
Telegram chatbot: t.me/mirabad_avenue_bot
Telegram kanali: t.me/mirabad_avenue
Instagram: @mirabad_avenue
Facebook: fb.com/mirabad.avenue
Sayt: mirabad.uz
Reklama huquqi asosida