Andijonlik paxtaqand sotuvchi. U velosipedda kuniga 70 km yo‘l yuradi

Jamiyat 18:48 / 02.05.2022 24597

Sotuvchi asakalik 65 yoshli Ro‘zimuhammad Tillayev kuniga velosipedda 70 km yo‘l yurib, paxtaqand sotar ekan.

«Kuniga atrofdagi qishloqlarni kezib 60 dona qand sotaman. Oilada 6 kishi yashaymiz, ro‘zg‘or qilish kerak. Xotinim, kelinim va nabiralarim kechqurun shirinlik tayyorlab qo‘yishadi. Xarajatlardan tashqari kuniga 50 ming so‘m foyda qoladi. Bir kuni aylanib yurgandim, kichkina qizaloq 100 dollar olib chiqdi. Unga shirinlikni bepul berib, qo‘shni ayolni chaqirdim-da, pulni berdim. Birovning haqi harom, mehnat qilish kerak», deydi Ro‘zimuhammad aka.

Shirinlik sotuvchi qahramonimiz yana ikkita mahallani aylanishini aytib, biz bilan xayrlashdi...

Elmurod Ermatov, Azizbek Ismoilov

Ko‘proq yangiliklar: