Isroil Madrimov va Mishel Soro o‘rtasida revansh jangi sanasi belgilandi

Sport 13:38 / 30.04.2022 29177

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) yarimo‘rta vazn toifasida ishtirok etuvchi o‘zbekistonlik Isroil Madrimov va fransiyalik Mishel Soro o‘rtasida revansh jangi sanasini e’lon qildi.

Jang 2022 yil 9 iyul kuni Angliya poytaxti London shahrida o‘tkaziladi.

Ikkala bokschi 2021 yili 17 dekabrda Toshkentda ringda kuch sinashishgan va rasmiy qarorga ko‘ra, Madrimov 9-raundda texnik nokaut bilan g‘alaba qozongan edi. 

Ammo Soro jamoasi hal qiluvchi zarbalar raund yakunlangani to‘g‘risidagi gong jaranglagandan keyin berilganini, referi bahsni vaqtida to‘xtatmaganini asos qilib, rasman revansh jangini talab etishdi. WBA ishni har tomonlama o‘rganib chiqib, o‘z qoidalariga tayangan holda Soro jamoasining talabini qabul qilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: