YeChL. «Liverpul» «Vilyarreal»ni mag‘lub etib, final sari dadil qadam tashladi

Sport 02:05 / 28.04.2022 26528

Yevropa Chempionlar Ligasida ikkinchi yarimfinal juftligida dastlabki o‘yin bo‘lib o‘tdi. 

«Liverpul» o‘z maydonida «Vilyarreal»ni qabul qilib, ikkinchi bo‘lim boshida urilgan gollar evaziga g‘alaba qozondi. 53-daqiqada Hendersonning uzatmasidan so‘ng Estupinyan avtogol muallifiga aylangan bo‘lsa, 55-daqiqada Salohning pasidan keyin Mane jamoasining ikkinchi to‘pini kiritdi.

Javob bahsi 3 may kuni o‘tkaziladi. 

YeChL. Yarimfinal
Birinchi o‘yin
Liverpul — Vilyarreal 2:0

27 aprel, «Enfild»
Gollar: Estupinyan (53, avtogol), Mane (55).
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold (Gomes, 81), van Deyk, Konate, Roberson, Gomes, Henderson (Keyta, 72), Tiago Alkantara, Fabino, Origi, Saloh, Mane (Jota, 73), Dias (Origi, 81).
Vilyarreal – Ruli, Foyt, Albiol, Pau Torres, Estupinyan (Trigeros, 72), Lo Chelso, Koklen (Pedrasa, 57), Kapu, Parexo (Ore, 72), Danjuma (Alkaser, 86), Chukvueze (Dia, 72).
Ogohlantirishlar: van Deyk (32), Estupinyan (47), Lo Chelso (62).

Ko‘proq yangiliklar: