Samsung The Freestyle portativ proyektoriga oldindan buyurtma berish aksiyasi boshlanganini e’lon qiladi

Fan-texnika 15:30 / 26.04.2022 80761

25 aprel kunidan Samsung kompaniyasining The Freestyle portativ proyektorlariga oldindan buyurtma berish boshlandi. 25 mayga qadar oldindan buyurtma qilsangiz, sovg‘a sifatida Galaxy Tab A 8.0  plansheti va proyektor uchun g‘ilofni qo‘lga kiritishingiz mumkin. Xaridorlar uchun portativ qurilmani saqlash va kontentni boshqarish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar ochilmoqda –istalgan joyda va istalgan vaqtda o‘z kichik kinoteatringizga ega bo‘lishingiz mumkin.

Kinoteatr - istalgan joyda

Samsung kompaniyasining aqlli proyektori yordamida endi kontentni istalgan yuzalar ustida tomosha qilishingiz mumkin. Film tomosha qilayotganda yonbosh tushmoqchi bo‘lsangiz, bir harakat bilan “ekran”ni devordan shiftga ko‘chirishingiz mumkin. Tasvir proyeksiyasi istalgan bir xil rangli tekis yuza: stol, devorlar, eshiklarda ajoyib ko‘rinadi.

Qulay va ixcham qurilmani har doim biror tadbirga, sayrga yoki safarda o‘zingiz bilan olib ketishingiz mumkin. Ko‘p funksiyali The Freestyle proyektor, ovoz kuchaytirgich va hatto chiroq sifatida ham ishlaydi. Proyektor kontentni boshqarishda sizga misli ko‘rilmagan erkinlik beradi.

  • SmartTV funksiyasiga ega va veb-brauzerda ishlaydi.
  • Onlayn servislar bilan ishlaydi.
  • Hech qanday simsiz va o‘tkazgichlarsiz smartfondagi kontentni uzatadi.

Natijada, tomoshabinlar o‘lchami 30 dan 100 dyuymgacha bo‘lgan “ekran”ni qo‘lga kiritadilar. Tasvir avtomatik ravishda yorqinlashadi va translatsiya paytida tiniqlashadi. Ko‘p yo‘nalishli dinamik keng ko‘lamli va yuqori sifatli tovush taqdim etadi.

Yangi qurilmalarning egalari sevimli fotosuratlari, filmlari va videoroliklariga aqlli kirish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar. Smart TV’ga ulangan proyektor uy kinoteatri formatida har qanday kontentni uzata oladi.

The Freestyle qurilmasini oldindan buyurtma qilganda oladigan sovg‘alaringiz

Oldindan buyurtma berish imkoniyatidan O‘zbekiston aholisi 25 maygacha foydalanishlari mumkin. Noyob proyektor xaridi uchun yoqimli qo‘shimcha sifatida – The Freestyle uchun g‘ilof va Galaxy Tab A 8.0 planshetlari kabi sovg‘alarga ega bo‘lasiz.

G‘ilof proyektorni chang va namlikdan, linzani esa tirnalish va shikastlanishdan himoya qiladi. Endi yo‘lda bo‘lgan paytda qurilmangiz xavfsizligi haqida qayg‘urishingiz shart emas: kinotomosha har qanday ob-havo sharoitida bo‘lib o‘tishi muqarrar.

Galaxy Tab A 8.0 plansheti sevimli video tasvirlaringiz yoki fotosuratlaringizni tomosha qilish uchun juda mos keladi. Ammo uni proyektorga ulasangiz, aynan shu kontentni katta ekranda namoyish qilishdan bir olam unutilmas taassurotlarni olishingiz mumkin.

Aksiya (havolani qo‘shing) butun O‘zbekiston bo‘ylab amal qiladi.

Sovg‘alar soni cheklangan. The Freestyle portativ proyektorining imkoniyatlari bilan Samsungning rasmiy saytida tanishishingiz mumkin.

Facebook: fb.com/SamsungUzbekistan

Instagram: @samsunguzbekistan

Telegram: t.me/SamsungUzbekistan

Sayt: samsung.uz

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: