Geologiya qo‘mitasi binosi onlayn auksionda 127 mlrd so‘mga sotildi
Toshkent shahrida joylashgan Geologiya qo‘mitasi binosi boshlang‘ich narxidan 49,1 mlrd so‘m qimmatroqqa sotildi.

Foto: e-auksion.uz
Toshkent shahri, Mirobod tumanidagi Ma’muriy bino – O‘zbekiston geologiya qo‘mitasi binosi uchun e-auksion.uz platformasida qizg‘in onlayn-auksion o‘tkazildi. Bu haqda davaktiv veb-saytida ma’lumot joylangan.
Boshlang‘ich narxi 75,6 mlrd so‘m bo‘lgan davlat mulki obekti auksion natijasida 124,7 mlrd so‘mga yoki 49,1 mlrd so‘m qimmatroqqa sotildi. Onlayn savdo qariyb 1 soat 20 daqiqa davom etdi.
Onlayn auksionda 5 nafar ishtirokchi qatnashib, ular tomonidan 13 qadam yuqori narx tasdiqlangan.
Avvalroq, Geologiya muzeyi yangi binoda ish boshlashi ma’lum qilingandi. Kun.uz manbasiga ko‘ra, Geologiya qo‘mitasi ham muzey bilan birga yangi binoga ko‘chadi. “Geologiya qo‘mitasi, muzey Geologiya fanlari universitetida ish boshlaydi. Bu yer kichik geologiya kampusi bo‘ladi. Muzey yonidan qo‘mita uchun ham yangi bino qurilmoqda”, dedi u.
Ma’lumot uchun, onlayn auksionda sotilgan ushbu davlat aktivi 1,3 gektar yer maydoniga ega.
Mavzuga oid

17:34 / 31.01.2025
Turkiya ostida yer qobig‘idagi ulkan yoriq topildi

18:30 / 06.10.2024
Xitoylik olimlar Everestning o‘sganini qayd etdi

19:48 / 29.04.2024
Kamyob metallar bo‘yicha 500 mln dollarlik loyihalar ishlab chiqiladi

22:22 / 11.03.2024