Toshkentdagi uy-joy mulkdorlari shirkatlari 3,5 mlrd so‘mni talon-toroj qilgan - inspeksiya
Bu – uy-joy mulkdorlari shirkatlarining mablag‘larni talon-toroj qilishi bilan bog‘liq ilk holat emas.

Foto: KUN.UZ
Toshkent shahridagi uy-joy mulkdorlari shirkatlari 3,5 mlrd so‘mlik moliyaviy qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ydi. Bu haqda Kun.uz'ga Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, holat aholi murojaatlariga asosan, Uy-joy fondi inspeksiyasi tomonidan Toshkent shahridagi uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyatini o‘rganish ishlari o‘tkazilganda aniqlangan.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, 32 ta shirkat tomonidan 28 ta holatda, jami 3,5 mlrd so‘m mablag‘ maqsadsiz sarflangani yoki talon-toroj qilingani aniqlangan. Xususan:
- Mirzo Ulug‘bek tumanida jami 409,9 mln so‘m;
- Yunusobod tumanida jami 563,7 mln so‘m;
- Yashnobod tumanida jami 625,0 mln so‘m;
- Sergeli tumani «Mehnat Rohat Servis» shirkatida – 92,9 mln so‘m;
- Yakkasaroy tumanida jami 377,0 mln so‘m;
- Olmazor tumanida jami 245,2 mln so‘m;
- Chilonzor tumanida jami 196,9 mln so‘m;
- Uchtepa tumanida jami 753,1 mln so‘m;
- Mirobod tumanida – 15,2 mln so‘m;
- Bektemir tumanida jami 176,6 mln so‘m majburiy badal mablag‘lari maqsadsiz ishlatilgan yoki talon-toroj qilingan bo‘lishi mumkin.
“Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi”, – deyiladi rasmiy xabarda.
Eslatib o‘tamiz, mazkur inspeksiya mart oyida uy-joy mulkdorlari shirkatlari 1,8 mlrd so‘m mablag‘ni talon-toroj qilganini ma’lum qilgandi.
Aniqlangan qonunbuzarliklar qurilish-ta’mirlash ishlari hajmiga qo‘shib yozish, kredit mablag‘larini bemaqsad ishlatish, majburiy badaldan tushgan mablag‘larni talon-toroj qilish bilan bog‘liq edi.
Mavzuga oid

21:10 / 08.03.2025
Yangiyo‘lda ko‘prikning bir qismi o‘pirildi

09:21 / 08.03.2025
Tez yordam xodimlari uy yo‘lagida tashlab ketgan fuqaroning holati haqida ma’lumot berildi

16:24 / 07.03.2025
“Vahimaga tushmang” - Kadastr agentligi yerlar xitoyliklarga sotilayotgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi

09:32 / 07.03.2025