OChL. «Nasaf» «As Sadd» ustidan ishonchli g‘alabaga erishib, pley-offga chiqish uchun muhim qadam tashladi

Sport 00:13 / 24.04.2022 26117

Osiyo Chempionlar Ligasida 5-tur o‘yinlari davom ettirildi.

«Nasaf» guruh favoriti sanalgan «As Sadd» (4) bilan ro‘baro‘ kelib, ishonchli g‘alabaga erishdi va ochkolarini 8taga yetkazdi. Akmal Mozgovoy dublga erishgan bo‘lsa, Husayn Norchayev ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. 

Guruhning ikkinchi o‘yinida mezbon «Al Faysali» (8) Iordaniyaning «Al Vihdat»i (4) bilan to‘qnash keladi.

Qarshi klubi so‘nggi turda «Al Vihdat»ni ham mag‘lub etsa, kamida eng yaxshi 2-o‘rinlar qatorida pley-offga yo‘l oladi. Qatarning 16 karra chempioni «As Sadd» esa turnir bilan xayrlashdi.

OChL. 5-tur
Nasaf — As Sadd 3:1

23 aprel. Saudiya Arabistoni
Gollar: Akmal Mozgovoy (64, 77), Husayn Norchayev (75) — Rodrigo Tabata (90+1).
Nasaf — Abduvohid Nematov, Alibek Davronov, Husniddin Aliqulov, Sharof Muhitdinov, Dilshod Saitov (Sardor Sa’dullayev, 90), Husayn Norchayev (Semir Smaylagich, 90), Suhrob Nurulloyev (Ivan Soloyev, 67), Akmal Mozogovoy, Oybek Bozorov (Aziz Xolmurodov, 90), Marko Stanoyevich (Bahrom Abdurahimov, 78), Umar Eshmurodov.
As Sadd — Meshal Barsham (Saad Al Shib, 79), Pedro Korreyra (Ali Asadalla, 73), Abdulkarim Hasan, Tariq Salmon, Muhammad Vaad, Hasan Al Haydos (Salim Al Hajri, 88), Akram Afif, Boualem Huhi, Gilerme Torres (Rodrigo Tabata, 31), Santi Kasorla, Andre Ayyu.
Ogohlantirishlar: Alibek Davronov (57), Dilshod Saitov (74).

Ko‘proq yangiliklar: