OChL. «Paxtakor» «Sepaxon»ga ikkinchi o‘yinda ham yutqazdi va guruh bosqichini so‘nggi o‘rinda yakunlaydigan bo‘ldi

Sport 00:21 / 23.04.2022 22847

Osiyo Chempionlar Ligasida 5-tur o‘yinlari boshlandi. 

D guruhida «Paxtakor» (3) Eronning «Sepaxon» (7) klubiga qarshi ikkinchi o‘yinda ham mag‘lubiyatga uchradi. Forslar g‘alaba to‘pini qo‘shib berilgan daqiqalarda kiritishdi.

Natijada O‘zbekiston chempioni muddatidan avval — oxirgi tur oldidan so‘nggi o‘rinni egallashi ma’lum bo‘ldi.

Guruhning ikkinchi bahsida mezbon «At Ta’avun» (7) Qatarning «Ad Duhayl»i (9) bilan o‘ynaydi. 

OChL. 5-tur
Sepaxon — Paxtakor 2:1

22 aprel. Saudiya Arabistoni
Gollar: Shahbozzoda (76, 90+3) — Alijonov (79).
Paxtakor — Sanjar Quvvatov, Hojiakbar Alijonov, Aleksey Larin, Sherzod A’zamov, Farruh Sayfiyev, Odil Hamrobekov, Sardor Sobirxo‘jayev, Oliver Sharkich, Aziz Turg‘unboyev (Shahriyor Jabborov, 90+2), Sardor Rashidov (Abbos Fayzullayev, 73), Hojimat Erkinov.
Sepaxon — Mazaheri, Mahdi, Ismoilifar, Nurafkon, Gvelesiani, Hussayni (Shahbozzoda, 67), Ahmadzoda (Jahoni, 57), Muhammadi, Karimi (Mirzoi, 85),  Salmani (Mohkamkar, 57), Mog‘anlu. 
Ogohlantirishlar: Ahmadzoda (40), Sobirxo‘jayev (44), Karimi (59), Hamrobekov (74), Shahbozzoda (80), A’zamov (83).

Ko‘proq yangiliklar: