BMT bosh kotibi Ukrainaga boradi

Jahon 14:54 / 23.04.2022 6272

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish 28 aprel kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda “Onado‘lu” agentligi xabar berdi

Xabarda aytilishicha, Guterrish tashrif doirasida Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba ishtirokida ishchi yig‘ilishi o‘tkazishni rejalashtirgan, keyin esa Ukraina rahbari bilan uchrashuv o‘tkazadi. 

Bundan tashqari, Guterrish Ukraina xalqiga gumanitar yordamni ko‘paytirishni muhokama qilish uchun BMTning mintaqadagi tuzilmalari vakillari bilan uchrashadi.

Avvalroq Antoniu Guterrish Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralar o‘tkazish uchun 26 aprel kuni Moskvaga borishi xabar qilingandi

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, u shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin qabulida bo‘ladi.

Ko‘proq yangiliklar: