Ozarboyjonda majburiy niqob taqish rejimi bekor qilinadi

Jahon 17:29 / 22.04.2022 7714

Ozarboyjonda 1 maydan boshlab koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan majburiy niqob taqish rejimi bekor qilinadi.

"2022 yil 1 maydan boshlab 2022 yil 1 iyulgacha uzaytirilgan maxsus karantin rejimi sharoitlarida shaxsiy himoya vositalaridan (tibbiy niqoblar) foydalanish talabi bekor qilinadi", — deyiladi mamlakat vazirlar mahkamasi xabarida. 

Qayd etilishicha, xalqaro aeroport va ta’lim muassasalarida tibbiy niqob taqish majburiy bo‘lmaydi, ammo tavsiya qilinadi.  

Hozirda Ozarboyjonga kirish uchun emlanganlik to‘g‘risidagi sertifikat talab qilinadi. Bu qoida 18 yoshgacha bo‘lganlarga taalluqli emas. Mamlakatda 15 apreldan chegaradan o‘tishda PZR-test topshirish talabi bekor qilingan.  

Ko‘proq yangiliklar: