Guterrish Moskvada Putin bilan uchrashuv o‘tkazadi

Jahon 21:26 / 22.04.2022 19096

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 26 aprel kuni Moskvaga tashrif buyuradigan BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishni qabul qiladi. Bu haqda Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, 26 aprel kuni BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Moskvaga keladi.

“U shuningdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan qabul qilinadi”, - dedi Kreml vakili.

Avvalroq Guterrish pasxa bayramlari kunlarida Rossiya va Ukraina o‘rtasida to‘rt kunlik sulh o‘rnatishni taklif qilgandi, biroq Rossiya tomoni bu taklifni rad etdi. 

Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili bunday takliflar “nosamimiy va juda yolg‘on” yangrashi, “Kiyevdagi millatchilar va radikallarga nafas rostlash uchun fursat yaratish” uchun o‘rtaga tashlanayotganini ta’kidlagan. 

Ko‘proq yangiliklar: