Kiyev Rossiyani “Azovstal”dan gumanitar yo‘lak ochishga chaqirdi

Jahon 16:28 / 21.04.2022 10409

Ukraina bosh vaziri o‘rinbosari Irina Vereshchuk Rossiyani Mariupoldagi «Azovstal» metallurgiya kombinatidan zudlik bilan gumanitar yo‘lak tashkil etishga chaqirdi.

«Rossiyaliklardan Mariupoldagi «Azovstal» kombinatidan tezkor gumanitar yo‘lak tashkil etishni talab qilamiz! U yerda mingga yaqin tinch aholi va 500 nafar yarador harbiy bor. Ularning barchasini bugunoq “Azovstal”dan olib chiqish kerak», – dedi Vereshchuk.

U jahon yetakchilari va xalqaro hamjamiyatni butun sa’y-harakatlarni “Azovstal”ga qaratishga chaqirdi.

«Hozirda bu gumanitar harakatlar uchun hal qiluvchi nuqta!», - deb ta’kidladi u.

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan uchrashuvida Mariupoldagi sanoat zonalarini shturm qilish maqsadga muvofiq emasligini aytib, uni bekor qilishni buyurgandi.

Ko‘proq yangiliklar: