Hindiston Rossiyadan neft sotib olishni ko‘paytirdi

Jahon 14:41 / 21.04.2022 8443

Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan so‘ng Shimoli-g‘arbiy Yevropa va Boltiq mamlakatlari Urals rusumidagi neftni sotib olishni keskin kamaytirdi. Mart oyida bu mintaqalarga ushbu rusumdagi neft yetkazilishi sutkasiga 460 ming barrelga qisqardi

Mazkur bo‘shliqni Xitoy to‘ldirishi taxmin qilingandi. Ammo koronavirus tarqalishi fonida joriy etilgan karantin choralaridan so‘ng mamlakatda neftga bo‘lgan talab pasayishi sababli aprelda Rossiyadan neft sotib olish hajmi fevral va martdagidan ham kam bo‘ldi. 

Shu bilan birga, katta chegirmalar va logistik ustuvorliklarga ega bo‘lgan Hindiston Rossiyaning Urals neftini sotib olishni ko‘paytirdi. Qora dengiz portlaridagi tankerlar Hindiston sohillariga rekord darajada qisqa muddatda – 13 sutkada yetib bormoqda. 

Hindiston Urals neftining dastlabki partiyasini 1 mart kuni olgandi. Rossiyadan neft sotib olish hajmi sutkasiga 500 ming barrelni tashkil etgan.

Xalqaro moliya instituti bosh iqtisodchisi Robin Bruksning qayd etishicha, Osiyodan xaridor topganidan so‘ng Rossiyaning neft eksportidan daromadi rekord darajaga yetgan.

Joriy oyning ikkinchi yarmida ham eksport shu tarzda davom etadigan bo‘lsa, Rossiyaning neft eksporti sutkasiga qariyb 160 mln barrelga yetadi. Bu 2015 yildan buyon aprelda qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ladi. 

Ko‘proq yangiliklar: