Avstriya Rossiya neftidan to‘liq voz kechdi

Jahon 14:44 / 21.04.2022 8601

Avstriya Rossiya neftidan to‘liq voz kechdi, deb xabar berdi Kurier gazetasi OMV Group vakiliga tayanib.

"Rossiyadan neft sotib olish hajmi doim juda oz bo‘lgan, urush boshlanganidan so‘ng boshqa bozordan neft sotib ola boshladik", - deya Avstriya kompaniyasi vakilining so‘zlaridan iqtibos keltirgan gazeta.

Avstriya statistika boshqarmasi va neft sanoati assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda neft importining 7,8 foizi yoki 596 ming tonnasi Rossiya ulushiga to‘g‘ri kelgan.

Avstriya neftning asosiy qismini Qozog‘istondan oladi – barcha importning 38,9 foizi. Keyingi o‘rinlarda Liviya (22,1 foiz) va Iroq (20,7 foiz) turadi.

Ko‘proq yangiliklar: