«Arsenal» va «Chelsi» shou uyushtirdi, Benzema ikkita penaltini urolmadi. Kun o‘yinlari yakunlari

Sport 12:37 / 21.04.2022 33807

Angliya: «Siti» yana «Liverpul»dan o‘zib ketdi

Chelsi — Arsenal 2:4
Gollar: 
Verner (17), Aspilikueta (32) — Nketia (13, 57), Smit-Rou (57), Saka (90+2, penalti).
Chelsi – Mendi, Aspilikueta, Kristensen (Silva, 46), Sarr, Jyeyms, Alonso (Ziyosh, 81), Kante, Loftus-Chik, Maunt, Lukaku (Haverts, 60), Verner. 
Arsenal – Remsdeyl, Uayt, Holding, Gabriel, Nunu Tavaresh, Jaka, El-Nenni, Edegor, Smit-Rou (Soaresh, 75), Nketia (Martinelli, 70), Saka (Lyakazett, 90+5).
Ogohlantirishlar: Sarr (65), Maunt (85), Gabriel (90+1), Aspilikueta (90+1).

So‘nggi besh turda to‘rt bor mag‘lubiyatga uchragan «Arsenal» uchun qiyin damlar keldi. Ulardan yangicha qarorlar talab etilardi va Mikel Arteta «kanonirlar»ning boshlang‘ich tarkibini shunday tuzdiki, 20 yildan oshiq vaqt mobaynida jamoada ilk bor 6 nafar angliyalik futbolchi o‘yinni maydonda boshladi. Bu ish berdi, mehmonlar yengil harakat qilishdi, qiziqarli kombinatsiyalar uyushtirishdi, gollarni ham ingliz futbolchilar urishdi.

Birinchi bo‘limdagi muammolar tashabbusni saqlab qola olmaslik bilan bog‘liq edi, shu tufayli «Chelsi»ning javob gollari juda oddiy holatlarda urildi. Birinchi safar Ramsdeyl qutqara olmadi, bu holatda kichik rikoshet Vernerning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasi golga aylanishiga sabab bo‘ldi. Keyingi golda himoyachilar fol uchun o‘yin to‘xtatilishini kutib, markaziy forvard pozitsiyasida paydo bo‘lgan Aspilikuetani qo‘riqlay olishmadi.

Ammo o‘yinning ikkinchi qismida «Arsenal» tartibliroq o‘ynadi, ko‘klarga esa futbolchi almashtirishlar foyda bermadi, birinchi gol o‘tkazilishi vaqtida to‘pni Nketiaga topshirib qo‘ygan Kristensen o‘rnini Tiagu Silva egallagandi. Braziliyalik himoyachi 37 yosh-u 210 kunligida «Chelsi» uchun APLda o‘yin o‘tkazgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi. Ammo aynan mezbonlar himoyachilarining qo‘pol xatolari seriyasidan keyin Nketia dublni rasmiylashtirdi. Qo‘shimcha daqiqalarda esa Aspilikueta penaltiga sababchi bo‘ldi va Saka o‘zi ishlagan jarima zarbasini aniq amalga oshirib, prinsipial raqibni «ko‘mdi». Bu muvaffaqiyat «kanonirlar» uchun to‘rtinchi o‘rin uchun kurashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi, endi ular «Tottenhem» bilan ochkolar soni bo‘yicha tenglashib oldi.

Manchester Siti — Brayton 3:0
Gollar:
 Mahrez (53), Foden (65), Silva (82).
Manchester Siti – Ederson, Kanselu, Stounz (Zinchenko, 77), Laport, Ake (Diash, 46), Gundo‘g‘an, de Bryuyne (Jyezus, 83), Rodri, Silva, Foden, Marez. 
Brayton – Sanches, Lempti (Uebster, 61), Dank, Veltman, Kukurelya, March, Mak Allister, Mvepu, Kaysedo, Gross, Uelbek (Mope, 78).
Ogohlantirishlar: Mak Allister (79), Uebster (81), Dank (89).

Yaqinda qatorasiga ikki safar o‘yinida «Arsenal» va «Tottenhem»ni mag‘lub etib, Shimoliy Londonni zabt etgan «Brayton» «Siti»ga qarshi faqat bir bo‘lim turib bera oldi. Qoidasiga ko‘ra, bunday o‘yinlarda favorit uchun birinchi golni urish muhim va uni birinchi bo‘lim davomida faol o‘yini bilan ajralib turgan futbolchi urdi. Birinchi bo‘limda darvozabon bo‘sh qoldirgan darvozani ishg‘ol etish imkonini boy bergan Mahrez Kevin De Bryuynening yurishini gol bilan yakunladi. Ko‘p o‘tmay rikoshet Fodenning uzoq masofadan yo‘llagan zarbasidan keyin mehmonlarga imkon qoldirmadi, o‘yin oxirida De Bryuyne boshlab bergan yana bir hujumni Bernardu Silva aniq zarba bilan yakunladi va jamoa birinchi o‘ringa qaytdi.

«Liverpul» bilan poyga Xosep Gvardiola ssenariysi bo‘yicha davom etmoqda. Ushbu murabbiy 344 o‘yinda 250 g‘alabaga erishdi va APL rekordini o‘rnatdi. Bu aql bovar qilmas raqamlar, bu boradagi ikkinchi o‘rinda joylashgan Joze Mourino buncha g‘alaba uchun 396 o‘yin o‘tkazishiga to‘g‘ri kelgan.

Ispaniya: Simeone yana bir o‘g‘lini maydonga chiqardi

Atletiko — Granada 0:0
Atletiko — Oblak, Lorente (Simeone, 90+1), Savich, Ermoso, Mandava (Suares, 46), Koke, Serrano (Vrsalko, 46), Karrasko, de Paul, Korrea (Lodi, 66), Grizmann (Kunya, 70).
Granada — Maksimianu, Kuini, Dias, Duarte, Eskudero, Milya, Petrovich, Puertas (Raba, 86), Kolyado (Montoro, 76), Machis (Uzuni, 62), Suares (Bakka, 76).
Ogohlantirishlar: Kuini (3), Mandava (29), Savich (45+4), Eskudero (58), Dias (74), de Paul (78), Puertas (83), Vrsalko (85), Duarte (90+2).

Bir necha kun muqaddam «Atletiko» «Espanol» bilan o‘yinda muxlislarini infarkt holatiga tushirgan (bir kishi kam bo‘lib qolgan holatda qo‘shib berilgan 10-daqiqada g‘alaba goli urilgan), ammo turnir jadvalining quyi qismidagi «Granada»ga qarshi o‘yin juda zerikarli kechdi. Madridliklar bu o‘yinning so‘nggi daqiqalarida g‘alabani ilib ketishga harakat qilishdi, Ferreyra-Karrasko Mateus Kuneni ajoyib pas bilan ta’minladi, ammo braziliyalik futbolchining zarbasi darvoza to‘siniga tegdi. Beshinchi o‘rinda kelayotgan va bu turda ochko yo‘qotgan «Betis»dan ilgarilab ketish imkoniyatidan foydalanilmadi, bu o‘yindagi yodda qolarli voqea esa Diyego Simeone qo‘shimcha daqiqalarda o‘zining 19 yoshli o‘g‘li Julianoni maydonga chiqarishi bo‘ldi. Qolaversa, «Granada» 1974 yildan buyon ilk bor «Atletiko» maydonidan ochko olib qaytgani bilan faxrlanishi mumkin.

Osasuna — Real 1:3
Gollar: Budimir (13) — Alaba (12), Asensio (45), Vaskes (90+6).
Foydalanilmagan penaltilar: Benzema (52, 59). 
Osasuna — Errera, Vidal, D.Garsiya, Ernandes, Kote (Barxa, 68), Mankayola, Avilya (Barbero, 86), Martines (Oyyer, 68), Brashanats (Torres, 80), R.Garsiya (Sanches, 46), Budimir. 
Real — Kurtua, Nacho, Alaba (Karvaxal, 46), Militao, Vaskes, Kamavinga (Isko, 73), Valverde, Sebalos (Kroos, 73), Rodrigo (Vinisius, 90), Asensio, Benzema.
Ogohlantirishlar: Kamavinga (5), Brashanats (44), Militao (60), Nacho (62).

Karlo Anchelotti Yevropadagi kuchli beshlik chempionatlarining barchasida chempionlikka erishgan ilk murabbiy sifatida tarixga kirishi uchun ikki o‘yin qoldi. «Real»ning Pamplonadagi g‘alabasi esa Benzema ikki marta 11-metrdan gol ura olmagani bilan yodda qoldi. Bu mavsumga qadar fransuzda penaltidan gol urishda umuman muammo bo‘lmagandi. Mavsum davomida avvaliga birinchi xato ro‘y berdi, endi esa — ikkitalik xato. Bunday holat la ligada 2006 yil aprelidan buyon kuzatilmagandi, «Espanol» hujumchisi Raul Tamudo «Betis» (2:0) bilan bahsda shunday muvaffaqiyatsizlikka uchragan. «Real» futbolchisi bir o‘yinda ikki penaltini yo‘qqa chiqarishi esa oxirgi bor 2003 yilda ro‘y bergan. Lekin bu qaymoqranglilarga chempionlik uchun yana bir qadam tashlashga xalal bera olmadi. Madrid klubi chempion bo‘lish uchun qolgan 5ta turda kamida 4 ochko to‘plashi yetarli bo‘ladi.

Germaniya: irodali «Leypsig»

Leypsig — Union Berlin 2:1
Gollar: Silva (61, penalti), Forsberg (90+3) — Beker (25).

«Leypsig» yarimfinalga 14 uchrashuvdan iborat mag‘lubiyatsiz seriya bilan yetib keldi, ammo berlinliklar hisobni ochishi yana bir bor kubok turnirlarining o‘z qonunlari borligini yodga solib qo‘ydi. Bunday turnirlarda barchasi «hozir va shu yerda» hal qilinadi, xato qilishga esa haqqing bo‘lmaydi. Shu tufayli Andre Silva juda chiroyli kombinatsiyadan keyin 11-metrlik nuqta hududidan hech qanday qarshiliksiz holatda xato zarba yo‘llagani jamoa uchun juda qimmatga tushishi mumkin edi.

Ammo portugaliyalik hujumchi ikkinchi bo‘limda xatosini tuzatdi va Nkunku tomonidan ishlangan, Feliks Brih videotakrorni ko‘rib chiqqanidan keyin belgilangan penaltini aniq ijro etdi. «Union» bir qancha murakkab vaziyatlardan omon chiqdi va o‘yin overtaymlarga qarab ketayotgandi, mezbonlar esa qo‘shimcha daqiqalarda Forsbergning bosh bilan «to‘qqizlik»ni aniq nishonga olishi orqali g‘alabani ilib ketdi.

Bu «Leypsig» uchun so‘nggi to‘rt yilda uchinchi final. Avvalgi ikki urinish «Bavariya» va Dortmundning «Borussiya»siga mag‘lub bo‘lish bilan yakunlangan. Hozir esa bu ikki grand turnirni tark etib bo‘lgan, Tedesko sovrinni qo‘lga kiritishi uchun «Frayburg»ni yengishi talab etiladi.

Italiya: Vlahovich «Fiorentina»ni ranjitmadi

Yuventus — Fiorentina 2:0
Gollar: Bernardeski (32), Danilo (90+4).
Birinchi o‘yin — 1:0.

Bu mavsumda «Yuventus» va «Fiorentina» jamoalari qarama-qarshiligiga A Seriyaning eng yaxshi to‘purarining turinliklar klubiga o‘tishi prizmasi orqali qaraldi. Ammo serb hujumchisi Florensiyada ham, javob o‘yinida ham gol urmadi. O‘yindagi natijani Bernardeski va qo‘shimcha daqiqalarda darvozani ishg‘ol etgan Danilu ta’minlashdi. Italiya Kubogi finaliga qatorasiga uchinchi bor chiqqan «Keksa sinora» endi titul uchun «Inter» bilan to‘qnashadi. «Derbi Italiya» Massimiliano Allegri va Simone Indzagining murabbiylik dueli nuqtayi nazaridan ham ahamiyat kasb etadi. Hozircha bu qarama-qarshilikda ikkinchisining qo‘li baland kelmoqda, milanliklar «Yuve»ni Italiya Superkubogida mag‘lub etishgan va chempionatdagi o‘zaro o‘yinlarda 4 ochkoni qo‘lga kiritishgan.

Fransiya: «Marsel» parijliklarning bayramini kechiktirdi

Anjye — PSJ 0:3
Gollar:
 Mbappe (28), Ramos (45+1), Markinos (77).
Chetlatish: Mishyu (90+1).

Marsel — Nant 3:2
Gollar: 
Payyet (39 penalti, 54 penalti), Harit (75) — Jirotto (26), Koko (41). 
Chetlatish: Koko (90+3).

Tanaffusdan keyin «PSJ»ni chempionlik titulini nishonlashdan bir bo‘lim ajratib turardi. Parijliklarda Mbappe uzoq masofadan gol urib (mavsumdagi 33-goli) o‘z vazifasini bajardi. Bu vaqtda Maurisio Pochettino jamoasiga kutilmaganda «Nant» yordamga keldi, jamoa safar o‘yinida sensatsion ravishda «Marsel»ni yengayotgandi. Ammo ikkinchi bo‘limda «kanareykalar»ga kuch yetishmadi va Xorxe Sampaoli shogirdlari kambek amalga oshirishdi (3:2).

Endi chempionat g‘olibi masalasi keyingi turgacha qoldirildi. Bu turda esa navbatdagi jarohatdan tuzalib safga qaytgan Serxio Ramos Fransiyadagi ilk golini urdi, Di Mariya ikki golli uzatmani amalga oshirdi. «PSJ» tomonidan hamon yangi shartnoma taklif etilmayotgan argentinalik futbolchi Parij klubidagi faoliyati davomida 200 ball ishlab bo‘ldi — 90 gol va 110 assist.

Kun statistikasi

  • Fransiya chempionatida «Reyms» 4 o‘yinda hal qiluvchi golni 90-daqiqadan keyin urgan holda g‘alabani ilib ketgan, bu borada jamoa «PSJ»ni ortda qoldirdi.
  • «Lester» avvalgi tur bilan taqqoslaganda boshlang‘ich tarkibda 7 futbolchini o‘zgartirdi. Bu APLning joriy mavsumida eng jiddiy tarkib o‘zgarishi.
  • 20 gol urgan Terre — «Renn»ning joriy asrda liga 1 dagi eng yaxshi to‘purariga aylandi.
  • «Chelsi» safida yarimhimoyachi Maunt 100-o‘yinini o‘tkazdi.
  • Mitrovich Chempionshipning 40 o‘yinida 40 gol urdi, u «Fulhem»bilan yana APLga qaytdi.
Ko‘proq yangiliklar: