Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponcha innovatsiya: ovqat ta’mini sho‘rroq his qilishga yordam beradigan tayoqchalar ixtiro qilindi
Yaponlar ratsionidan tuzli ovqatlar ko‘proq o‘rin olgan. Biroq me’yordan ko‘p tuz iste’mol qilish sog‘likka zarar. Yaponlar buning chorasini topishdi: olimlar ovqatning ta’mini sho‘rroq his qilishga yordam beradigan tayoqchalar ixtiro qilishdi.

Foto: Reuters
Yapon tadqiqotchilari ratsionida natriy miqdorini qamaytirishga muhtoj bo‘lganlar uchun kompyuterlashtirilgan tayoqchalar ixtiro qilishdi. Bu “chopstik”lar – tayoqchalar ovqatning ta’mini sho‘rroq his qilishga yordam beradi.
Meiji universiteti professori Homei Miyashita va ichimlik ishlab chiqaruvchi Kirin holdingi tomonidan yaratilgan tayoqchalar bilakka taqiladigan mini-kompyuter va elektr stimulyatsiyasi yordamida ta’mni kuchaytiradi.

Tayoqchalar zaif elektr oqimi yordamida ovqatdan natriy ionlarini so‘rib olib og‘izga yo‘naltiradi va sho‘r hisni tuyishga sabab bo‘ladi.
“Natijada, sho‘r ta’m 1,5 baravarga kuchayadi”, deydi professor Homei Miyashita.
Miyashita va uning laboratoriyasi texnologiyaning inson sezgisiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan bir qancha usullarini tadqiq qilishgan. Ular ekranda namoyish qilinadigan taomning ta’mini uzata oluvchi televizor prototipini ham ishlab chiqishgandi.
Texnologik ravishda sho‘r ta’mni kuchaytirib beruvchi tayoqchalar yaponlar uchun foydali bo‘lishi kutilyapti. Sababi bu xalq sho‘rroq ovqat ratsionini ma’qul ko‘radi. Voyaga yetgan yapon kuniga o‘rtacha 10 gramm tuz iste’mol qiladi. Bu – Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti belgilagan normadan karrasiga ko‘proq.
Natriy ko‘p iste’mol qilinishi qon bosimi, insult va boshqa kasalliklarga sabab bo‘ladi.
“Bu kasalliklardan saqlanish uchun kamroq tuz iste’mol qilish kerak. Agar biz an’anaviy tarzda kamroq tuz iste’mol qilishga o‘tmoqchi bo‘lsak, yo ratsionimizdan sevimli taomlarimizni chiqarib tashlashimiz yoki ta’mi g‘alati ovqatlarni yeyishimizga to‘g‘ri keladi”, deydi Kirin holdingi tadqiqotchisi Ay Sato.
Tadqiqotchilar o‘zlarining “chopstik”larini takomillashtirib, keyingi yil boshidan uni tijoratlashtirishni reja qilishgan.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Shavkat Mirziyoyev mahalla inspektori bo‘lgan katta leytenantga kapitan unvonini berdi, fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:54 / 11.07.2025
-
«Ertalab soat 6 da kimdir kelishini kutmagandim». Ulug‘bek Rashidov diskvalifikatsiya qilinganiga izoh berdi
Sport | 23:47 / 11.07.2025
-
Ispaniyada «Rostex» vitse-prezidentining o‘g‘li ushlandi. U pul yuvishda gumonlanmoqda
Jahon | 23:23 / 11.07.2025
Mavzuga oid

00:31 / 10.07.2025
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi

23:21 / 07.07.2025
Tramp 1 avgustdan Janubiy Koreya va Yaponiya tovarlariga 25 foizli bojlar joriy etilishini e’lon qildi

15:42 / 27.06.2025
Yaponiyada «tvitter-killer» qatl etildi

21:44 / 26.06.2025