Rossiya qit’alararo ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi

Jahon 20:17 / 20.04.2022 22433

Arxangelsk oblastidagi Plesetsk sinov kosmodromida «Sarmat» qit’alararo ballistik raketasi sinovdan o‘tkazildi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi xabar berdi.

«Parvoz vazifalari to‘liq hajmda bajarildi. Raketaning xarakteristikalari parvozning barcha bosqichlarida tasdiqlandi», — deyiladi xabarda. 

Qayd etilishicha, bu davlat sinovlari dasturidan o‘rin olgan ilk parvozdir. Sinovlar yakunlanganidan so‘ng «Sarmat» strategik ahamiyatga ega raketa qo‘shinlariga topshiriladi. 

Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, raketaning uzunligi 35,5 metrni, og‘irligi 208,1 tonnani tashkil etadi. Parvoz masofasi 18 ming kilometrga teng. 

Ko‘proq yangiliklar: