Bishkek Moskvaning Qirg‘izistonda biolaboratoriya tashkil etish to‘g‘risidagi taklifini rad etdi

Jahon 18:29 / 19.04.2022 12241

Moskva Bishkekka Qirg‘iziston hududida BSL-3 darajasidagi biologik laboratoriya tashkil etishni taklif qildi, ammo qirg‘iz tomoni bu taklifni rad etdi. Bu haqda Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi

Xabarda aytilishicha, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va gumanitar hamkorlik masalalari bo‘yicha Qirg‘iziston-Rossiya hukumatlararo komissiyasining Moskvada bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida biolaboratoriya tashkil etish masalasi muhokama qilingan. 

“Qayd etish joiz, Qirg‘iz Respublikasi bu loyihaning amalga oshirilishiga qarshi chiqdi”, deyiladi xabarda.

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha Qirg‘iziston va Rossiya sog‘liqni saqlash vazirliklari sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi. 

Tomonlar shuningdek, yuqumli kasalliklarni o‘rganish, profilaktika qilish va qarshi choralar ko‘rish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni davom ettirishga qaror qildi.

Ko‘proq yangiliklar: