Pokiston Afg‘onistondan chegaradagi qurolli hodisalarni to‘xtatishga chaqirdi 

Jahon 17:27 / 18.04.2022 14306

Pokiston tashqi ishlar vazirligi Afg‘oniston hukumatidan pokistonlik chegarachilarga o‘q uzilishini to‘xtatish va ikki davlat chegarasidagi xavfsizlikni ta’minlashga chaqirdi. 

"Oxirgi bir necha kunda Pokiston-Afg‘oniston chegarasida Pokiston xavfsizlik kuchlariga Afg‘oniston hududidan hujum qilinishi holatlari yuz berdi", - deyiladi Pokiston tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Qayd etilishicha, terrorchilik guruhlari, xususan, "Tahriqi Tolibon Pokiston" harakati jangarilari Pokiston chegara postlariga hujum qilishda davom etmoqda. 

Islomobod Kobuldan Pokiston-Afg‘oniston chegarasidagi xavfsizlikni ta’minlash va Pokistondagi terrorchiliklarga aloqador shaxslarga qarshi keskin choralar ko‘rishga chaqiradi, deyiladi bayonotda.

O‘tgan juma kuni Pokiston harbiy-havo kuchlari Afg‘onistonning Ho‘st va Kunar viloyatlariga aviazarbalar berdi. Natijada 40dan ortiq kishi halok bo‘ldi.

Aviazarbalar berilishi ortidan Pokistonning Kobuldagi elchisi Afg‘oniston tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: