Moskvada "Gazprombank" sobiq vitse-prezidenti o‘z uyida oilasi bilan jonsiz holda topildi 

Jahon 22:06 / 18.04.2022 25944

Rossiya tergov qo‘mitasi bosh tergov boshqarmasi Moskvadagi xonadonlardan birida uch kishining jasadi topilgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.  

Ma’lum qilinishicha, gap "Gazprombank" sobiq vitse-prezidenti Vladislav Avayev, uning xotini va qizi haqida bormoqda.  

Politsiya top-menejyerning o‘tochar quroldan yaralangan jasadini Universitetskiy prospektdagi xonadondan topgan. Tergovning dastlabki taxminiga ko‘ra, Avayev dastlab xotini va qizini o‘ldirgan, so‘ngra o‘z joniga qasd qilgan. Politsiyani uning qarindoshlari oila bilan bog‘lana olmaganidan keyin chaqirgan.

Xonadon eshigi ichidan qulflangan bo‘lgan, uydan begona shaxslarning izlari topilmagan. 

Qotillikka maishiy mojaro sabab bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: