OChL. «Paxtakor» gollarga boy o‘yinda «Ad Duhayl»dan alamli mag‘lubiyatga uchradi

Sport 00:26 / 15.04.2022 26471

Osiyo Chempionlar Ligasida 3-tur o‘yinlari boshlandi.

«Paxtakor» Qatarning «Ad Duhayl» klubi bilan bahs yuritib, ikki bor hisobda oldinga chiqib olganiga qaramay yakunda mag‘lubiyatga uchradi. Oliver Sharkich va Sardor Sobirxo‘jayevning gollariga Edmilson Junior het-trigi bilan javob berdi. 

E’tiborlisi, O‘zbekiston chempioni bir necha bor birga bir vaziyatlardan foydalana olmadi.

«Paxtakor» 3 ochko bilan so‘nggi o‘rinda qoldi. Ernan Krespo jamoasi 6 ochko bilan peshqadamga aylandi.

OChL. 3-tur
Ad Duhayl — Paxtakor 3:2

14 aprel. Saudiya Arabistoni

Gollar: Edmilson Junior (66, 71, 84) — Oliver Sharkich (44), Sardor Sobirxo‘jayev (69).
Paxtakor — Eldor Suyunov, Hojiakbar Alijonov, Sherzod A’zamov, Aleksey Larin, Farrux Sayfiyev, Odil Hamrobekov (Diyor Xolmatov, 87), Sardor Sobirxo‘jayev, Sardor Rashidov (Aziz Turg‘unboyev, 79), Dragan Cheran (Ikrom Aliboyev, 43), Hojimat Erkinov, Oliver Sharkich (Jasur Yoqubov, 79).
Ad Duhayl — Saloh Zakariyo, Muhammad A’laaldin, Tobi Aldeyveyreld, Bassam Ravi, Sulton Breyk, Karim Budiaf (Luiz, 74), Assim Madibo, Abdulloh Al Ahraq (Nam Tae Hi, 74), Edmilson, Almoaz Ali (Abdulrahmon Fahmi, 58), Mikael Olunga.
Ogohlantirishlar: Odil Hamrobekov (54), Assim Madibo (88), Jasur Yoqubov (88).

Ko‘proq yangiliklar: