YeChL. «Real» Madriddagi «otishma»da kambekka kambek bilan javob berdi, Emeri «Bavariya»ni «avariya» qildi

Sport 02:40 / 13.04.2022 27895

Yevropa Chempionlar Ligasida yarimfinalning dastlabki ikki ishtirokchisi ma’lum bo‘ldi. 

Safarda «Chelsi»ni 3:1 hisobida mag‘lub etgan «Real» Madridda asosiy vaqtda xuddi shu hisobda imkoniyatni boy berdi. London klubi Maunt, Ryudiger va Vernerning gollari evaziga kambek qilib, vaziyatni o‘z tomoniga og‘dirdi. Ammo Rodrigo mezbonlar uchun xaloskor vazifasini bajarib, dramatik bellashuvni qo‘shimcha bo‘limlarga olib bordi. 96-daqiqada esa Benzema madridliklarni yarimfinalga olib chiqadigan golni urdi. 

O‘z maydonida minimal hisobda g‘alaba qozongan «Vilyarreal» sensatsiyani Myunxenda ham davom ettirdi va Chukvuezening 88-daqiqadagi goli evaziga durangga erishib, o‘z tarixida ikkinchi bor Chempionlar Ligasi yarimfinaliga yo‘l oldi. 

«Real» final yo‘llanmasi uchun «Atletiko» — «Manchester Siti» juftligi g‘olibi bilan bahs yuritsa, Emeri jamoasi «Liverpul» — «Benfika» juftligida ustun kelgan klubga qarshi o‘ynaydi. 

YeChL. 1/4 final. 12 aprel
Javob o‘yinlari

Real — Chelsi 2:3
Gollar:
 Rodrigo (80), Benzema (96) — Maunt (15), Ryudiger (51), Verner (75).
Real – Kurtua, Karvaxal, Alaba, Nacho (Vaskes, 88), Mendi (Marselo, 78), Modrich, Kroos (Kamavinga, 73), Kazemiro (Rodrigo, 78), Valverde, Benzema, Vinisius Junior (Sebalos, 115). 
Chelsi – Mendi, Tiago Silva, Ryudiger, Jyeyms, Alonso, Loftus-Chik (Saul, 105), Kovachich (Jorjino, 105), Kante (Ziyosh, 100), Maunt, Haverts, Verner (Pulishich, 83).
Ogohlantirishlar: Jyeyms (10), Benzema (37), Valverde (68), Kamavinga (90+1), Ziyosh (102), Haverts (109), Aspilikueta (113), Karvaxal (118).
Birinchi o‘yin — 3:1.

Bavariya — Vilyarreal 1:1
Gollar:
 Levandovski (52) — Chukvueze (88).
Bavariya – Noyyer, Ernandes (Devis, 87), Upamekano, Pavar, Goretska, Kimmix, Musiala (Gnabri, 82), Myuller (Shupo-Moting, 90), Levandovski, Koman, Sane. 
Vilyarreal – Ruli, Foyt, Albiol, Pau Torres, Estupinyan, Lo Chelso, Koklen (Chukvueze, 84), Kapu, Parexo (Ore, 90+3), Xerar Moreno, Danjuma (Pedrasa, 84).
Ogohlantirishlar: Levandovski (33), Foyt (59), Lo Chelso (90+1).
Birinchi o‘yin — 0:1.

Ko‘proq yangiliklar: