OChL. «Nasaf» Stanoyevichning dubli evaziga «Al Vihdat»ni mag‘lub etib, guruh peshqadamiga aylandi

Sport 00:17 / 12.04.2022 25264

Osiyo Chempionlar Ligasida 2-tur o‘yinlari davom ettirilmoqda.

Qarshining «Nasaf» klubi Iordaniyaning «Al Vihdat» (1) jamoasi bilan bahs yuritib, Marko Stanoyevichning dubli evaziga g‘alabaga erishdi va 4 ochko bilan peshqadam bo‘lib oldi. Serbiyalik yarimhimoyachi birinchi to‘pni uzoq masofadan, ikkinchisini Panenka uslubida penaltidan kiritdi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida «As Sadd» (1) va «Al Faysali» (1) o‘zaro to‘qnash kelishadi.

OChL. Ye guruhi. 2-tur
Nasaf — Al Vihdat 2:0

11 aprel. Saudiya Arabistoni
Gol: Marko Stanoyevich (71, 86 penalti).
Nasaf — Abduvohid Ne’matov, Alibek Davronov, Husniddin Aliqulov, Sharof Muhitdinov (Bahrom Abdurahimov, 71), Dilshod Saitov, Ivan Solovev (Suhrob Nurilloyev, 71), Husayn Norchayev (Semir Smaylagich, 75), Akmal Mozgovoy, Oybek Bozorov (Murod Rahmatov, 89), Marko Stanoyevich, Umar Eshmurodov.
Al Vihdat — Ahmad Navas, Muhammad Buhashesh, Muhannad Xair, Abu Amara (Matias Kastro, 80), Xolid Assam, Ahhad Israivah Anas Hamad (74), Feras Shebayeh, Tareq Xattab, Klarens Bitang, Muhammad Anas, Ahmad Samir (Mahmud Avad, 80).
Ogohlantirish: Akmal Mozgovoy (69).

Ko‘proq yangiliklar: