Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Chelsi» Madridda kambek ilinjida, «Bavariya» «avariya» xavfi ostida. YeChL chorakfinal javob o‘yinlari anonsi

Foto: Getty Images
Yevropa Chempionlar ligasi chorakfinal dastlabki o‘yinlaridan bir hafta o‘tgach, bugun, 12 aprel oqshomida javob bahslariga start beriladi. «Chelsi» Londondagi ikki to‘p farqidagi mag‘lubiyatdan keyin «Real» maydonida kambek qilishga urinsa, «Bavariya» Ispaniyadagi mag‘lubiyatdan so‘ng Myunxenda «Vilyarreal» bilan hisob-kitobni joyiga qaytarishga harakat qiladi. Chorshanba oqshomida esa «Manchester Siti» Madridda mehmon bo‘ladi, «Benfika»ni esa «Enfild»da yana bir imtihon kutib turibdi.
Amaldagi chempion turnir bilan xayrlashish ostonasida
Londonda o‘tgan o‘yinni ikki so‘z bilan ifodalash mumkin: Karim Benzema. «Real»ning 9-raqamli hujumchisi «Stemford Brij»da YeChLdagi ketma-ket ikkinchi o‘yinida het-trikini rasmiylashtirdi. Natijada, turnirning 13 karra chempioni yarimfinalga chiqish uchun juda yaxshi imkoniyat hosil qilib turibdi. Madriddagi o‘yinda amaldagi chempion «Chelsi»ni mo‘jizagina turnirni tark etishdan qutqara oladi. Mezbonlar safida Karim navbatdagi marta qahramonga aylanishga shay holatda.
«Chelsi» bosh murabbiyi Tomas Tuxel Chempionlar ligasi chorakfinal javob o‘yini doirasidagi «Real»ga qarshi bahs oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashib, shogirdlarining kambek qilishga urinishi haqida gapirdi.

«Albatta, o‘z uyimizdagi 1:3 hisobli mag‘lubiyatdan keyin bu o‘yindagi imkoniyatimiz yuqori emas. Raqibning darajasi, stadion va turnir saviyasidan kelib chiqqan holda bizga juda qiyin bo‘lishi aniq. Kambek? Buning ehtimoli past, ammo urinib ko‘rsak bo‘ladi. Buning uchun maydonda borimizni berishning o‘zi kifoya emas, o‘z darajamizdan yuqoriroq o‘yin ko‘rsatish talab etiladi. Bu oqshom biz uchun juda muhim», - deya Tuxelning so‘zlarini keltirgan klub rasmiy sayti. So‘nggi o‘yinida shanba kuni «Sauthempton» darvozasiga javobsiz 6ta gol kiritgan «aristokratlar» Madriddagi oqshomda nechta gol kirita olishini «Bernabeu»dagi bahsda ko‘ramiz.
«Bavariya» «avariya» xavfi ostida
Dastlabki o‘yinda Ispaniyaga safar qilgan «Myunxen mashinasi» «sariq submarina» tomonidan «cho‘ktirildi». Ushbu bahsda ispanlar nemislar darvozasiga bir emas, ko‘proq gol kiritishlari ham mumkin edi. Buni javob o‘yini oldidan «Bavariya» yarimhimoyachisi Yozua Kimmix ham tan olgan.
«Tan olish lozim, «Vilyarreal»ga qarshi o‘yinda minimal hisobdagi mag‘lubiyat qayd etilgani omadimiz edi. Aks holda Myunxendagi o‘yin oldidan qiyin vaziyatda bo‘lardik», - deydi Kimmix o‘yin oldidan matbuot anjumanida.
Ispaniyadagi ushbu bahsda «Bavariya»ning YeChLdagi 32 o‘yindan iborat golli seriyasiga barham berildi. Nagelsmann shogirdlarida vaziyatni o‘zgartirish uchun 90 daqiqa vaqt bo‘ladi. Myunxendagi o‘yin Unai Emeri shogirdlari uchun ham haqiqiy sinovga aylanadi.

Chorshanba oqshomida esa «Atletiko» Madridda «Manchester Siti»ga qarshi raqibning dastlabki o‘yindagi kichik ustunligini yo‘qotishga urinsa, «Benfika»ni «Enfild Road»da mo‘jizagina yarimfinalga olib chiqishi mumkin. Aks holda Saloh va Mane tandemi to‘purarlar ro‘yxatida Benzema va Levandovskiga raqobat uyg‘otishi mumkin.

YeChL. 1/4 final. Dastlabki o‘yinlar
12 aprel (seshanba)
«Bavariya» - «Vilyarreal»
O‘yin boshlanish vaqti: 23:59
TV-translatsiya: «Mahalla»
Birinchi o‘yin: 0:1
Taxminiy tarkiblar:
«Bavariya»: Noyyer; Pavar, Upamekano, Ernandes, Devis; Kimmix, Goretska; Koman, Myuller, Gnabri; Levandovski
O‘ynamaydi: Zyule (betob), Tolisso (son), Shupo-Moting (jismoniy holat)
«Vilyarreal»: Ruli; Foyt, Albiol, Pau Torres, Estupinyan; Koklen, Kapu, Parexo, Lo Chelso; Jyerar Moreno, Danjuma
O‘ynamaydi: Alberto Moreno (tizza)
«Real» - «Chelsi»
O‘yin boshlanish vaqti: 23:59
TV-translatsiya: «Sport»
Birinchi o‘yin: 3:1
Taxminiy tarkiblar:
«Real»: Kurtua; Karvaxal, Nacho, Alaba, Mendi; Modrich, Kazemiro, Kroos; Valverde, Benzema, Vinisius Junior
O‘ynamaydi: Azar (jarohat), Isko (bel), Eder Militao (diskvalifikatsiya), Valexo (betob)
«Chelsi»: Mendi; Chaloba, Tyago Silva, Ryudiger; Jyeyms, Kante, Kovachich, Alonso; Maunt, Havers, Ziyosh
O‘ynamaydi: Barkli (betob), Chiluell (tizza), Lukaku (to‘piq)
13 aprel (chorshanba)
«Liverpul» - «Benfika»
O‘yin boshlanish vaqti: 23:59
TV-translatsiya: «Mahalla»
Birinchi o‘yin: 3:1
Taxminiy tarkiblar:
«Liverpul»: Alisson; Aleksander-Arnold, Konate, van Deyk, Tsimikas; Henderson, Fabino, Keyta; Saloh, Jota, Dias
«Benfika»: Vlaxodimos; Jilberto, Otamendi, Vertongen, Grimaldo; Vaygl, Taarabt; Rafa Silva, Gonsalu Ramush, Everton; Darvin Nunes
«Atletiko» - «Manchester Siti»
O‘yin boshlanish vaqti: 23:59
TV-translatsiya: «Sport»
Birinchi o‘yin: 0:1
Taxminiy tarkiblar:
«Atletiko»: Oblak; Vrsalko, Savich, Felipe, Reynildu, Karrasko; Lorente, Errera, Koke; Korrea, Joau Feliks
«Manchester Siti»: Ederson; Uoker, Stounz, Lyaport, Joau Kanselu; de Bryuyne, Rodri, Bernardu Silva; Mahrez, Foden, Grilish
O‘ynamaydi: Gabriel Jyezus (diskvalifikatsiya), Palmer (jarohat).
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
O‘zbekiston va Gurjiston o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘paytiriladi
O‘zbekiston | 13:37
-
Stokholmda AQSh-Xitoy savdo muzokaralari boshlandi
Jahon | 13:23
-
Mers: AQSh va YeI kelishuvining oqibatlari Germaniyaga ta’sir qiladi
Jahon | 13:21
Mavzuga oid

02:13 / 14.07.2025
«Chelsi» finalda dahshatli «PSJ»ni yirik hisobda yengdi

17:41 / 13.07.2025
Yozning asosiy o‘yini: «PSJ» va «Chelsi» klublar mundiali finalida to‘qnashadi

11:05 / 09.07.2025
«Chelsi»da yangi yulduz porlamoqda. Joau Pedru sobiq jamoasini ayamadi va londonliklarni finalga olib chiqdi

09:30 / 06.07.2025