O‘zbekiston boks jamoasi Golden Belt xalqaro musobaqasida 1-o‘rinni egalladi

Sport 08:59 / 10.04.2022 30812

5—9 aprel kunlari Ruminiyaning Tirgu-Muresh shahrida boks bo‘yicha Golden Belt seriyasiga kiruvchi «Nikolaye Linka» xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Jahonning 13 mamlakatidan sportchilar ishtirok etgan musobaqada o‘zbekistonlik bokschilar 6 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston terma jamoasining g‘olib va sovrindor bokschilari:

Oltin:

  • -48 kg: Asilbek Jalilov;
  • -54 kg: Shahzod Muzaffarov;
  • -67 kg: Javlon Yo‘ldashev;
  • -75 kg: Saidjamshid Ja’farov;
  • -80 kg: Dilshod Ro‘zmetov;
  • +92 kg: Lazizbek Mullajonov.

Kumush:

  • -75 kg: Abdulaziz Abdupattoyev;
  • -80 kg: Odiljon Aslonov;
  • -92 kg: Diyor O‘ralov;
  • +92 kg: Jahongir Zokirov.

Bronza:

  • -57 kg: Dilshod Abdumurodov;
  • -60 kg: Shunqor Abdurasulov;
  • -63,5 kg: Shohruxbek Kenjayev.
Ko‘proq yangiliklar: