Xitoyda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq sutkalik maksimum ko‘rsatkich yangilandi

Jahon 15:08 / 09.04.2022 16050

Xitoyda o‘tgan sutkada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 25 ming 165ta holat qayd etildi. Bu bir kun avvalgidan 4 foizga yuqori bo‘lib, yangi maksimum ko‘rsatkich hisoblanadi.

Kasallanganlarning aksariyati – 23 ming 185 kishida hech qanday simptomlar ko‘zga tashlanmagan, 1350 kishida yo‘tal va holsizlik qayd etilgan.

Bir hafta ichida simptomsiz bemorlar soni 2,7 baravarga oshib, 174 ming kishiga yetgan. 

Eng ko‘p kasallik yuqtirish holatlari Shanhayda va Tszilin provinsiyasida aniqlangan. Jami bemorlarning 94 foizga yaqini mana shu ikki hududga to‘g‘ri keladi.

Pandemiya boshlanganidan buyon Xitoyda 1,5 mln kishi koronavirus yuqtirgan, 13,2 mingdan ortiq bemor vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: