OChL. «Nasaf» 9 kishi bo‘lib qolgan «As Sadd»ni mag‘lub etolmadi

Sport 00:29 / 09.04.2022 23908

Osiyo Chempionlar Ligasida 1-tur o‘yinlari davom ettirilmoqda.

Ye guruhida «Nasaf» favorit «As Sadd» bilan bahs yuritib, 9 kishi bo‘lib qolgan raqibini mag‘lub etolmadi. 

27-daqiqada Abdulkarim Hasanga birga bir vaziyatga chiqib ketayotgan Shahzod Akramovni to‘xtatib qolgani uchun qizil kartochka ko‘rsatildi. 31-daqiqada burchak zarbasidan so‘ng Qarshi klubi hisobni ochdi — Husniddin Aniqulovning faolligidan keyin Pedro Korrea o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. ￶55-daqiqada raqib ham burchak zarbasidan so‘ng to‘p kiritdi. 63-daqiqada esa avtogol muallifi Pedro qarshi hujumda qochib ketayotgan Oybek Bozorovni to‘xtatgani uchun ikkinchi sariq kartochkasini olib, maydonni tark etdi. 

Qolgan vaqtda «Nasaf» ikki kishi ko‘p bo‘lib o‘ynaganiga qaramay, tajribali raqib darvozasiga yo‘l topa olmadi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida mezbon — Saudiyaning «Al Faysali» klubi Iordaniyaning «Al Vihdat» jamoasi bilan to‘qnash keladi.

OChL. Ye guruhi. 1-tur
As Sadd — Nasaf 1:1

8 aprel, «Shahzoda Muhammad bin Fahd»
Gollar: Bualem Huhi (55) — Pedro Korrea (31). 
As Sadd — Mishaal Barsham, Pedro Korrea, Abdulkarim Hasan, Jung Vu Yung, Ali Asad (Tariq Salmon, 68), Bualim Xuhi, Akrom Afif (Salim Al Hajri, 81), Gilerme Torres, Santi Kasorla, Hasan Al Haydos (Muhammad Vaad Albayati, 68), Bog‘dod Buneja
Nasaf — Umid Ergashev, Dilshod Saitov, Umar Eshmurodov, Husniddin Aliqulov, Alibek Davronov (Ivan Solovev, 75), Sharof Muhitdinov (Bahrom Abdurahimov, 67), Shahzod Akramov (Suhrob Nurulloyev, 46), Marko Stanoyevich, Akmal Mozgovoy, Oybek Bozorov, Semir Smaylagich (Husayn Norchayev, 54).
Ogohlantirishlar: Semir Smaylagich (11), Suhrob Nurulloyev (50), Alibek Davronov (61), Pedro Korrea (61).
Chetlatishlar: Abdulkarim Hasan (27), Pedro Korrea (63).

Ko‘proq yangiliklar: