Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zangiota tumani hokimi yordamchisi pora bilan qo‘lga tushdi
Tadbirkorning 15 500 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan Zangiota tumani hokimi yordamchisi va uning sherigi ushlandi.

Zangiota tuman hokimining mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi A.Yu. va tuman kadastr bo‘limi sobiq xodimi U.A. pora olish vaqtida qo‘lga olindi. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lumotiga ko‘ra, bu shaxslar tadbirkor R.dan qurilishga ruxsatnoma va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish uchun 15,5 ming dollar olishgan, yana 1 ming dollar olish vaqtida qo‘lga tushgan.
«Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Zangiota tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Zangiota tuman hokimining mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi A.Yu. tuman kadastr bo‘limi sobiq xodimi U.A. bilan oldindan til biriktirib, xususiy tadbirkor R.ning ishonchiga kirib, unga «Mevazor» MFYda joylashgan 8 sotix yer maydonida turar joy binosini qurish uchun ruxsatnoma olib berish hamda kadastr hujjatlarini tayyorlab berish evaziga 2021 yil davomida jami 15 500 AQSh dollarini qo‘lga kiritib, yana 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan», deyiladi xabarda.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Bundan avvalroq Zangiota tumani hokimining sobiq o‘rinbosari qidiruvga berilgani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda
O‘zbekiston | 23:59 / 25.07.2025
-
Qo‘riqxonada davom etayotgan yong‘in, «Ishdagi ishq» mojarosi, Navoiyni zaharlayotgan korxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:53 / 25.07.2025
-
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
-
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
Mavzuga oid

12:13 / 03.07.2025
Zangiotada sifatsiz dori vositalari va buyumlari savdosiga chek qo‘yildi

20:55 / 12.06.2025
“1 soatda bitadigan muammoni 1,5 yildan beri cho‘zishmoqda” – Zangiotada tayyor yangi maktab ish boshlamayapti

13:37 / 18.05.2025
Ichki ishlarning ikki xodimi katta miqdorda pora bilan ushlandi

12:36 / 26.03.2025