Qayd etilishicha, Olmazor tumanidagi «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi «Shon-sharaf» davlat muzeyida ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
«Shu munosabat bilan joriy yilning 6 aprelidan 30 aprel kuniga qadar tashrif buyuruvchilar uchun kirish vaqtinchalik to‘xtatilganini ma’lum qilamiz», deyiladi Mudofaa vazirligi huzuridagi «G‘alaba bog‘i» yodgorlik majmuasi ma’muriyati xabarida.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston prezidentining qaroriga muvofiq, Mudofaa vazirligi huzurida “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi tashkil etilgan.
Majmua hududida Mudofaa vazirligining Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti, Harbiy orkestrlar xizmati, Qurolli Kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilgan.