Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sog‘liqni saqlash vazirligi Chiroqchida sayyor qabul o‘tkazmoqda

Foto: SSV
Bugun Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida prezidentning tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqotida belgilangan 7 ta muhim yo‘nalishdagi vazifalar ijrosi bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining sayyor qabullari bo‘lib o‘tmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida boshlangan sog‘lomlashtirish aksiyasi doirasidagi ushbu tadbirda vazirlik markaziy apparati jamoasi, respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari rahbarlari va shifokorlari, tibbiyot oliy o‘quv yurtlari olimlari hamda mahalliy mutaxassislardan iborat maxsus guruhlar fuqarolarni qabul qilishga kirishdi.
Qarshi shahridan yo‘lga chiqqan maxsus jihozlangan mobil poliklinikalar, mammograf, flyuorografiya va laboratoriya uskunalari o‘rnatilgan avtomashinalar hamda tor ixtisoslikdagi mutaxassislardan iborat tibbiyot karvoni Chiroqchi tumani markaziga yetib keldi.

“Mamlakatimizning eng yirik tumanlaridan bo‘lgan Chiroqchida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha muammolar talaygina. Yangi Ko‘kdala tumani tashkil etilishi shu kabi qator masalalarni hal etish uchun hudud ikkiga ajratilmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.
Ayni paytda poytaxtdan kelgan 150 nafardan ortiq mutaxassis guruhlar kesimida viloyatning boshqa hududlariga ham taqsimlanib, joylarda “xonadonbay” tamoyili asosida aholi salomatligi, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganmoqda. Shu bilan birga, fuqarolar o‘rtasida sog‘lom turmush tarziga amal qilish, jumladan, kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha "Sog‘lom turmush maktabi", "Endokrinologlar maktabi", "Kardiologlar maktabi" kabi targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilyapti.

Shu kunlarda og‘ir kasallikka chalingan, yuqori texnologik jarrohlik muolajasiga muhtoj qashqadaryolik bemorlarda davlat hisobidan operatsiyalar ham boshlab yuborilgan. Bu amaliyotlar respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlaridan borgan yetakchi shifokorlar boshchiligida bajarilyapti.
Xususan, so‘nggi ikki kunda Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filiali, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filiali va viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi kabi qator muassasalarda o‘nlab ana shunday murakkab operatsiyalar muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Shuningdek, yangi oilaviy poliklinikalar va oilaviy shifokor punktlari tashkil etish, zarur hududlarda konteyner shaklidagi tibbiy punktlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, tez tibbiy yordam xizmatini maqbullashtirish bo‘yicha ham zarur chora-tadbirlar belgilangan.
Sayyor qabul davomida tibbiy yordamga ehtiyoji bo‘lgan bemorlarni davolash jarayoniga yo‘naltirish bilan birga, tuman tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasi, dori-darmon, davolash va kadrlar bo‘yicha barcha muammolari ham hal etilishi kutilmoqda.

Sayyor qabul yakunida Chiroqchi tumani bo‘yicha o‘rganishlar tahlil qilinib, bu tajriba natijadorligiga ko‘ra, butun respublikaga tatbiq qilinadi.
Ma’lumot uchun, hozirgi kunda Chiroqchi tumanida 54 ta mahalla va 10 ta birlamchi tibbiyot muassasasi faoliyat yuritmoqda. Yangi tashkil etilayotgan Ko‘kdala hududida esa 42 ta mahalla va 11 ta birlamchi tibbiyot muassasasi xizmat ko‘rsatyapti.
Tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqotda belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha xuddi shunday tadbirlar Namangan viloyatida ham o‘tkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Buloqboshi tumanidagi kanalga neft oqib ketdi
O‘zbekiston | 12:29
-
O‘zbekiston va Airbus havo kemalari parkini kengaytirishga kelishib oldi
O‘zbekiston | 12:11
-
Shri-Lanka O‘zbekistonga o‘z portlaridan foydalanishni taklif qildi
Iqtisodiyot | 12:06
Mavzuga oid

15:13 / 20.06.2025
«Oyiga 100 ming odamga xizmat qila oladi» – prezident Chiyal dehqon bozoridagi sharoitlarni yaxshilashga ko‘rsatma berdi

17:05 / 20.02.2025
Qashqadaryoda o‘quvchi o‘qituvchiga hamla qildi

18:08 / 28.03.2024
Chiroqchi tumani sudyasi pora bilan ushlandi

18:29 / 27.05.2023