Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NYT: Oq uy tuzgan maxsus guruh Rossiya yadro quroli qo‘llagan taqdirda javob qaytarish rejasini ishlab chiqmoqda

Foto: Doug Mills/The New York Times
Oq uy Rossiyaning Ukrainaga hujumi ortidan ishchi nomi «Yo‘lbars» bo‘lgan guruh tuzgan, uning a’zolari Rossiya tomonidan ommaviy qirg‘in qurollari (kimyoviy, biologik yoki yadroviy) qo‘llangan taqdirda, AQSh va uning ittifoqchilari beradigan javob rejasini ishlab chiqish bilan shug‘ullanmoqda. Bu haqda The New York Times manbalari xabar tarqatgan.
Shu bilan birga amerikalik rasmiylar Rossiya yadro quroli qo‘llashi ehtimolini yuqori baholamayapti.
«Yo‘lbars» guruhi Ukrainaga yuborilayotgan qurol-yarog‘ karvonlarini to‘xtatish va urushni Moldova hamda Gruziya hududiga yoyish maqsadida Rossiyaning NATO mamlakatlariga bostirib kirishi ssenariylarini ko‘rib chiqmoqda. Bundan tashqari, guruh a’zolari qaysi holatda NATO Ukrainaga qo‘shin yuborishi mumkinligi haqida ham o‘ylamoqda.
«Yo‘lbars» guruhi 28 fevral kuni AQSh prezidenti Jo Baydenning milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jyeyk Sallivanning topshirig‘i bilan tuzilgan. Uning tarkibidan milliy xavfsizlik sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi rasmiy shaxslar o‘rin olgan. Ular bir haftada uch marta yopiq uchrashuv o‘tkazishadi.
Oq uyda «Yo‘lbars» bilan birga yana bir guruh mavjud bo‘lib, u Rossiya prezidentining urush boshlash bo‘yicha qarori natijasida AQShning geosiyosiy pozitsiyasini mustahkamlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.
- 27 fevral kuni RF prezidenti Vladimir Putin tiyib turuvchi kuchlarni maxsus tayyorgarlik rejimiga o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma bergandi. Putin ushbu qarorni NATOdagi yetakchi davlatlarning yuqori mansabdor shaxslari «Rossiyaga qarshi tajovuzkor bayonotlar yangrashiga yo‘l qo‘yayotgani» bilan izohlagandi.
- 22 mart kuni CNN uchun bergan intervyusida Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov mamlakat mavjudligiga tahdid yuzaga kelgan taqdirda, Rossiya yadro qurolini ishga solishi mumkinligini istisno etmagandi. Peskov bunga asos Rossiya milliy xavfsizligi konsepsiyasida belgilab qo‘yilganini qayd etgandi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroil JSST omboriga hujum qildi: G‘azoda ommaviy o‘limlar xavfi kuchaymoqda
Jahon | 16:52
-
Namanganda sigir yosh bolani suzib, o‘ldirib qo‘yishiga sal qoldi
O‘zbekiston | 16:19
-
Angrenda 14 yoshli qizga jinsiy zo‘ravonlik bo‘lgani aytilmoqda
O‘zbekiston | 16:13
-
Bojni iste’molchi to‘lamoqda. Noqonuniy importga zarba iPhone narxlarini oshirdi
O‘zbekiston | 16:05
Mavzuga oid

16:02
Frontdagi vaziyat: Rossiya piyodalari Pokrovskka kira boshladi

15:09
Ukrainada korrupsiyaga qarshi xizmatlar mustaqilligi bekor qilinishi mumkin

12:01
Ukrainada Mirage 2000 qiruvchi samolyoti halokatga uchradi

08:15