Jizzaxda 20 gektar yerni 230 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan fermer qo‘lga olindi

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Jizzax va Namangan viloyatlarida fermer xo‘jalik yerini, Sirdaryo viloyatida esa “Yoshlar mehnat guzari” uchun ajratilgan yer maydonining bir qismini sotmoqchi bo‘lganlar ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Jizzaxda “H.S.” fermer xo‘jaligi rahbari O.N. xo‘jalikning 20 gektar suvli yer maydonini fuqaro M.ga 230 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan. U kelishilgan puldan 100 mln so‘mni olgan vaqtida departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushlangan.

Shu kabi, Kosonsoy tumanida “Z.M.” fermer xo‘jaligi rahbari M.R. xo‘jalikning 1 gektar g‘alla ekin yer maydonini 8 000 AQSh dollari evaziga fuqaro A.ning nomiga o‘tkazib berishni va’da qilgan. U ham 6 100 AQSh dollari va 20 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro G‘.K. Mirzaobod tumani hududidan “Yoshlar mehnat guzari” binosini qurish uchun ajratilgan 40 sotix yer maydonining 6 sotixini fuqaro S.ga 6 600 AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan 4 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

23:32 / 15.03.2025
Toshkent viloyatida 1 mln dollarga yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

00:17 / 13.03.2025
Jizzaxga 30 ta zamonaviy avtobus olib kelindi

12:10 / 11.03.2025
Jizzaxda mast holda mashina boshqarib, opa-singilning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi uzoq muddatga qamaldi

09:51 / 09.03.2025