JCh-2022 saralashi. Urugvay va Ekvador mundialga yo‘llanma oldi, Braziliya Chilini tor-mor etdi (turnir jadvali)

Sport 07:55 / 25.03.2022 26425

Mundialga chiqish masalasini hal qilgan Braziliya Chili darvozasiga javobsiz 4ta to‘p kiritdi. 

Urugvay Peruni mag‘lub etib, jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bu g‘alaba ushbu turda mag‘lubiyatga uchragan Ekvadorga ham mundial chiptasini taqdim etdi. 

Shu tariqa KONMeBOLdan Qatardagi JChga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l olgan 4 jamoa ma’lum — Braziliya, Argentina, Ekvador va Urugvay. 

Pley-offda o‘ynaydigan jamoa so‘nggi turdan keyin aniq bo‘ladi — bunga Peru (21), Kolumbiya (20) va Chili (19) da’vogar. Oxirgi turda Peru Paragvayni, Chili Urugvayni qabul qiladi. Kolumbiya esa Venesuela mehmoni bo‘ladi.

JCh-2022 saralashi. KONMeBOL
17-tur. 25 mart
Braziliya — Chili 4:0

Gollar: Neymar (44, penalti), Vinisius (45+1), Koutino (72, penalti), Risharlison (90+1). 
Braziliya – Alisson, Danilo, Silva, Markinos, Arana, Kazemiro (Fabino, 82), Fred (Gimaraes, 82), Paketa (Koutino, 63), Neymar, Vinisius (Martinelli, 75), Antoni (Risharlison, 75). 
Chili – Bravo, Isla, Medel, Roko (Montesinos, 46), Dias, Suaso, Vidal, Arangis (Paves, 77), Baesa (Fernandes, 61), Sanches, Vargas (Meneses, 76).
Ogohlantirishlar: Paketa (21), Kazemiro (60), Neymar (62), Dias (62), Bravo (69), Vinisius (71), Medel (71).

Kolumbiya — Boliviya 3:0
Gollar: Dias (39), Borxa (72), Uribe (90). 
Kolumbiya – Ospina, Munos, Tesilo, Kuesta, Fabra, Kuadrado (Moreno, 74), Xames (Uribe, 74), Kuelyar, Muriel (Borxa, 66), Sinisterra (Kintero, 65), Dias (Lerma, 84). 
Boliviya – Kordano, Enumba (Kinteros, 74), Sagredo, Karrasko, Akin, Fernandes, Garsiya (Kamaras, 57), Vilyarroel (Vilyamil, 84), Gonsales, Menacho (Vaka, 46), Montenegro (Kuelyar, 58).
Ogohlantirishlar: Akin (12), Garsiya (57), Karrasko (58), Kuadrado (68), Enumba (69).

Urugvay — Peru 1:0
Gol: de Arraskaeta (72). 
Urugvay – Rochet, Arauxo, Godin, Ximenes, Olivera, Suares, Pelistri, de Arraskaeta, Bentankur, Valverde, Maksi Gomes, Suares (Torreyra, 76), Nunes (Kavani, 67). 
Peru – Galese, Advinkula, Sambrano, Kalens, Trauko, Karrilo (Ormeno, 65), Kueva (Kalkaterra, 77), Yotun (Gonsales, 61), Tapiya, Penya (Flores, 46), Lapadula (Valera, 77).
Ogohlantirishlar: Pelistri (72), Suares (76).

Paragvay — Ekvador 3:1
Gollar: Morales (10), Inkapie (45+6, avtogol), Almiron (54) — Kaysedo (85). 
Paragvay – Silva, Roxas (Espinola, 77), Gomes, Balbuena, Riveros, Ortis, Almiron, Kubas (Vilyasanti, 66), Sanches (Florentin, 77), Ensiso (Kolman, 77), Morales (Romero, 14). 
Ekvador – Galindes, Presiado (Ibarra, 46), Torres, Inkapie, Estupinyan, Kastilo, Mena (Kaysedo, 76), Grueso, Mendes (Karselen, 76), Roxas (Sarmiyento, 46), Valensiya (Estrada, 58).
Ogohlantirishlar: Almiron (32), Riveros (39), Kubas (43), Valensiya (53), Torres (72), Gomes (81), Vilyasanti (90).
Chetlatish: Riveros (88).

26 mart
Argentina — Venesuela

Ko‘proq yangiliklar: