JCh-2022 saralashi. Mundial yana Italiyasiz o‘tadi, Portugaliya Turkiyani mag‘lub etdi, Beylning dubli Uelsni keyingi bosqichga olib chiqdi

Sport 07:36 / 25.03.2022 32282

O‘yin davomida 32ta zarba yo‘llagan Italiya sensatsion ravishda Shimoliy Makedoniyaga yutqazib, qatorasiga ikkinchi mundialga chiqa olmadi. Makedoniyaliklar g‘alaba to‘pini 90+2-daqiqada kiritishdi. 

Portugaliya Otavio, Jota va Nuneshning gollari evaziga Turkiyani mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Shuningdek, Beylning dubli Uelsni, Kvaysonning qo‘shimcha bo‘limlarda urgan goli Shvetsiyani pley-off finaliga olib chiqdi. 

Shu tariqa saralash finalida 29 mart kuni Portugaliya Shimoliy Makedoniyaning, Shvetsiya esa Rossiya chetlatilgani uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri keyingi bosqichga chiqqan Polshaning mehmoni bo‘ladi. 

Uelsning raqibi iyunga qoldirilgan Shotlandiya—Ukraina bahsida aniqlanadi. 

JCh-2022 saralashi. Yevropa
Pley-off yarimfinali. 24 mart
Italiya — Shimoliy Makedoniya 0:1

Gol: Traykovski (90+2). 
Italiya – Donnarumma, Florensi, Manchini (Kellini, 90), Bastoni, Emerson, Verratti, Jorjino, Barella (Tonali, 77), Immobile (Pellegrini, 77), Insine (Raspadori, 64), Berardi (Joao Pedro, 89). 
Shimoliy Makedoniya – Dimitriyevski, Ristovski, Velkoski (Ristevski, 86), Musliu, Churlinov, Alioski, Ademi (Ashkovski, 59), Nikolov (Spirovski, 59), Bardi, Ristovski (Miovski, 72), Traykovski.
Ogohlantirish: Velkoski (80).

Portugaliya — Turkiya 3:1
Gollar: Otavio (15), Jota (42), Nunesh (90+4) — Yilmaz (65). 
Amalga oshirilmagan penalti: Yilmaz (85). 
Portugaliya – Koshta, Dalot, Fonte, Pereyra, Gerreyru (Mendesh, 88), Moutino (Nunesh, 88), Otavio (Leau, 89), Fernandesh (Karvalyu, 80), Silva, Ronaldu, Jota (Felish, 71). 
Turkiya – Chaqir, Chelik (Yaziji, 80), Demiral, Suyunji, Qoboq, Kutlu (Dursun, 90), Chalxono‘g‘li, Under, Akturko‘g‘li(Unal, 66), Ko‘kchu (Tokez, 80), Yilmaz.
Ogohlantirishlar: Chelik (34), Jota (35), Chalxono‘g‘li (69), Demiral (76), Moutino (86), Tokez (90+6).

Uels — Avstriya 2:1
Gollar: Beyl (25, 51) — Zabitser (64).
Uels – Hennessi, Robers, Devis, Rodon, Ampadu, Uilyams, Remzi, Allen, Uilson, Beyl (Mifem, 90), Jyeyms (Jonson, 88). 
Avstriya – Lindner, Layner (Gregorich, 88), Dragovich, Hinteregger, Alaba, Laymer (Kalayjich, 55), Baumgartner (Vaymann, 77), Zabitser, Shlager (Lazaro, 77), Zayvald, Arnautovich.
Ogohlantirishlar: Baumgartner (24), Uilson (59), Layner (87), Uilyams (90).

Shvetsiya — Chexiya 1:0
Gol: Kvayson (110).
Shvetsiya – Olsen, Danielsson, Nilsson, Lindelyof, Olsson (Bengsson, 62), Klasson (Kvayson, 62), Forsberg (Elanga, 115), Ekdal (Svanberg, 72), Olsson (Karlstrem, 107), Kulusevski, Isak (Helander, 115). 
Chexiya – Vatslik, Brabets, Golesh, Zima, Masopust (Gavel, 76), Barak (Kreychi, 90), Souchek, Sadilek (Sikora, 90), Yankto (Mateyu, 76), Kuxta (Pekhart, 83), Glojyek (Lingr, 111).
Ogohlantirishlar: Nilsson (46), Klasson (52), Ekdal (60), Golesh (68), Zima (71), Souchek (85), Mateyu (90), Olsson (103), Karlstrem (114).

Ko‘proq yangiliklar: