Yaponiya va Saudiya Arabistoni muddatdan avval JCh-2022ga yo‘llanma oldi

Sport 16:52 / 24.03.2022 24996

Turning ilk o‘yini Avstraliyada kechdi. Okeaniya vakillari o‘z maydonlarida Yaponiya milliy jamoasiga qarshi to‘p surishdi. Uchrashuvning 84-daqiqasida Minamino o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan Mitoma bahs qahramoniga aylandi. Kaoruning 89 va 90+4-daqiqada kiritgan gollari «samuraylar»ga «kengurular» ustidan g‘alaba keltirdi – 2:0.

Shu tariqa, «B» guruhida Yaponiya 21 ochko bilan 1-o‘ringa ko‘tarildi va JCh-2022 yo‘llanmasini naqd qildi. 19 ochkoga ega Saudiya Arabistoni ham muddatdan avval Qatardagi mundialga yo‘llanma oldi. 15 ochkoga ega Avstraliya esa pley-off o‘yinlari orqali JCh-2022ga borish imkoniyatini saqlab turibdi.

Bungacha Eron va Janubiy Koreya Osiyodan JCh-2022ga yo‘llanma olgan dastlabki ikki jamoa bo‘lishgandi.

JCh-2022. 3-saralash bosqichi. 
«B» guruhi. 9-tur
Avstraliya – Yaponiya – 0:2

Gollar: Kaoru Mitoma 89, 90+4.
Avstraliya: Rayan, King, Degenek, Seynsberi, Grant, Mabil, Metkalf, Stensness, Boyl, Dyuk, Xrustich.
Zaxira: Redmeyn, Vukovich, Behich, Karachich, Uilkinson, Dugall, Janro, Jyeggo, Folami, Fornaroli, Maklaren, Tilio.
Yaponiya: Gonda, Nagatomo, Yoshida, Itakura, Yamane, Endo, Morita, Tanaka, Ito, Minamino, Asano.
Zaxira: Kavasima, Shmidt, Xatate, Nakayama, Sasaki, Taniguti, Ueda, Haraguti, Kubo, Sibasaki, Mitoma, Ueda.

Ko‘proq yangiliklar: