Dunyoning birinchi raketkasi Eshli Barti kutilmaganda sport faoliyatini yakunladi

Sport 10:55 / 23.03.2022 24306

Dunyoning birinchi raketkasi hisoblangan avstraliyalik tennischi Eshli Barti 23 mart, chorshanba kuni Instagram ijtimoiy tarmog‘ida ommaga murojaat qilib, kutilmaganda tennisdagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

«Bugun men uchun hissiyotlarga to‘la qiyin kun, chunki tennisdan ketayotganimni e’lon qilaman», deb yozdi 25 yoshli sportchi Instagram sahifasida. Bartining so‘zlariga ko‘ra, u baxtli va katta sportni tark etishga tayyor. 

Avstraliya OAV Bartining bayonotini «hayratlanarli» deb atadi. Uning faoliyatini tugatish haqidagi qarori butun tennis olami uchun kutilmagan bo‘ldi. Atigi ikki oy oldin Eshli Barti Australian Open’da birinchi marta finalga qadar yetib borib, musobaqada g‘alaba qozondi.

Foto: Getty Images

Bartining bu g‘alabasi uning «Katta dubulg‘a» turnirlaridagi uchinchi g‘alabasi bo‘ldi - tennischi 2019 yilda Fransiya ochiq chempionati (Rolan Garros) va 2021 yilda Uimbldonda (Wimbledon) g‘olib chiqqan edi.

Barti, shuningdek, 44 yil ichida «Katta dubulg‘a» turnirida g‘olib chiqqan ilk avstraliyalik tennischi ayolga aylandi. Kris O’Nill buni 1978 yilda uddalagandi, shundan so‘ng hech bir avstraliyalik ayol tennischi turnir finaliga chiqa olmagan. 

Ko‘proq yangiliklar: