Manzil: Nurotadagi jonli peyzaj – Chuya qishlog‘i

O‘zbekiston 18:58 / 22.03.2022 24056

Chuya qishlog‘i Oqtog‘ tizmasining shimoliy yonbag‘rida joylashgan bo‘lib, aholisi asosan chorvachilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanadi. Tasvirga olish ishlarini asosan qishloqning dara deb ataluvchi qismida olib bordik. Chunki bu atrofdagi tog‘lar ham ko‘rinishi, ham joylashishi bilan o‘ziga xos. Toshlari san’at asari singari terib qo‘yilgandek. Mahalladagi devorlar ham asosan toshdan terilgan.

Biz qishloqdaligimizda mahalla ahli sumalak pishirayotgan ekan. Anchadan buyon yerga kavlangan qozonda pishirilgan sumalakni ko‘rmagan edik, bu holat yoshligimizni eslatib yubordi. Adirlikda futbol o‘ynayotgan bolakaylar esa yoshlikni xotiralashga yana bir sabab bo‘ldi.

Shunday tabiat qo‘ynida taom tayyorlamasdan qaytsak, afsuslangan bo‘lar edik. Shu sababli cho‘g‘da go‘sht pishirishga qaror qildik.

Chuyadan sizga ilingan lavhalarimizni yangi “Manzil”da tomosha qiling. Fikrlaringizni izohlarda kutib qolamiz. Ko‘rsatuv tayyorlash uchun yangi safar manzillariga takliflaringiz bo‘lsa, ularni ham yozib qoldirishingiz mumkin.

Tohirjon Tursunov,
Boymirza Xalilov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uchun maxsus.

“Manzil” loyihasida reklama joylashtirish masalasidagi murojaatlar uchun telefon:

+998 78 113-10-10

Ko‘proq yangiliklar: