Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tecno kompaniyasi Samsung bilan hamkorlikda yaratilgan RGBW texnologiyasiga ega CAMON 19 smartfonlarini taqdim qiladi

Foto: Tecno
Mobile World Congress 2022 tadbirida Tecno kompaniyasi RGBW datchikli kameraga ega, yangi CAMON 19 smartfonlar seriyasini chiqarishini e’lon qildi. Ushbu texnologiya gadjet asosiy modullarining yorug‘likka sezgirligini oshiradi, yomon yorug‘lik sharoitida ham ularning suratga olish sifatini yaxshilaydi.
Kelajakdagi Tecno qurilmalarida yangi texnologiyadan foydalanish brendning mahsulotlari bo‘yicha katta menejyeri Leo Li tomonidan tasdiqlandi. RGB yechimlaridan (qizil, yashil va ko‘k piksellar) ko‘ra, RGBW matritsalari oq piksellar bilan to‘ldiriladi – bunda, Samsung ma’lumotlariga ko‘ra, klassik sensorlar bilan solishtirganda ularning yorug‘lik sezgirligi 1,7 baravar yaxshiroq bo‘ladi, shuningdek, ranglarning buzilishi kamayadi.
Gadjetlar 64 megapikselli tasvir datchiklari bilan ta’minlanadi, kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ular smartfondan professional darajada suratga olishni ta’minlaydi. Maxsus Glass + Plasic (G+P) texnologiyasi esa yorug‘likning yutilishini 30 foizga samarali oshirib, yakuniy tasvir sifatini yanada yaxshilaydi.
“Ushbu texnologik yangilik foydalanuvchilarning fikr-mulohazalari hamda yorqinroq va aniqroq tasvirlarni, ayniqsa, yorug‘lik kamligi va tungi rejimda yaratishga qaratilgan sa’y-harakatlari asosida yaratilgan. Uning Tecno CAMON seriyasidagi ilk taqdimoti bizni DSLP-sifatli suratga olishni butun dunyo bo‘ylab iste’molchilar qo‘liga yetkazish orzusiga bir qadam yaqinlashtiradi”, - dedi Samsung Electronics vitse-prezidenti Pang Xuebao.
“Tecno CAMON smartfonlar liniyasi doimo foydalanuvchilarimizni yuqori texnologiyali kamera bilan ta’minlashga qaratilgan. RGBW modulidan foydalanish uning imkoniyatlarini kengaytiradi va yangi 19 seriyali smartfonlarimiz bugungi mijozlarning eng yuqori talablariga javob beradi. Yangi kamera inson yuzi va ranglarining tabiiy xususiyatlariga urg‘u berib, kadrlarga estetika qo‘shadi”, - dedi Tecno mahsulotlari bo‘yicha katta menejyeri Leo Li.

Ayni paytda O‘zbekiston foydalanuvchilari Tecno CAMON 19 paydo bo‘lish sanasini kutishmoqda, shahar do‘konlarida Tecno'ning quyidagi liniyalari mavjud:
- CAMON 18 seriyasi: Tecno kompaniyasining CAMON 18 Premier kamerali telefoni, u professional darajada suratga olish, yuqori aniqlik va barqarorlik, muvozanatli CAMON 18P modeli va hamyonbop CAMON 18 smartfonini taklif etadi.
- CAMON 17P – xaridor bugun ko‘rishni istagan deyarli hamma narsani o‘zida birlashtirgan: 6 GB operativ xotira, katta 6,8 displey, tez zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydigan 5000 mAh batareya, 64 MP kamera.
- Spark: Tecno Spark 7 – barcha kerakli asosiy parametrlarga ega bo‘lgan smartfon, Tecno Spark 8P – 50 MP kamera, NFC va DTS ovozli yoshlar smartfoni, Tecno Spark Go 2022 MediaTek Helio A22 SoC asosida qurilgan, 2 GB operativ xotiraga va 32 GB ichki xotiraga ega, operatsion tizimi Android 11 Go Edition.

- POP 5 LTE Dual SIM Android 10 operatsion tizimida ishlaydi, 6,52 dyuymli HD+IPS 720×1560 pikselli LCD displey, Unisoc SC9863 sakkiz yadroli protsessor va 5000 mAh akkumulyatorga ega.
- POVA 2 – 6,9 dyuymli katta ekranni Full HD piksellar soniga ega va MediaTek Helio G85 platformasi asosidagi sig‘imli 7000 mAh batareyani o‘zida birlashtirgan smartfonlar.

Tecno smartfonlarini shahringizdagi do‘konlardan so‘rang!
Instagram: @tecnouzbekistan
Telegram: t.me/tecnouzbekistan
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Uchrashuvga hali erta». Istanbuldagi muzokaralarning qisqacha yakunlari
Jahon | 14:50
-
Germaniyadan bir hafta ichida ikkinchi deportatsiya reysi uchib ketdi
Jahon | 14:46
-
Mubashshir Ahmadga nisbatan ochilgan jinoyat ishi sudga oshirildi
Jamiyat | 14:39
-
Germaniya va Fransiya FCAS jangovar samolyoti bo‘yicha kelishmovchilikni hal qilmoqchi
Jahon | 14:06
Mavzuga oid

17:00 / 31.07.2024
Tecno brendi o‘zbekistonliklar uchun maxsus smartfonlar ishlab chiqardi

19:00 / 29.05.2024
Tecno brendi yangi Camon 30 va Pova 6 seriyali smartfonlarini taqdim etdi

22:17 / 19.01.2023
Tecno cho‘ziluvchan ekranli g‘ayrioddiy smartfonni namoyish etdi

13:00 / 01.09.2022