Oltinko‘ldagi klasterda bayram dasturxoni yozildi

Foto: Kun.uz
Oltinko‘l tumanidagi "Qadir textile claster" MChJ ishchilari Navro‘z ayyomini ko‘tarinki kayfiyatda nishonladilar. Bu yerda mehnat qilayotgan 470 nafar ishchi-xodim uchun “Oqtepa” tantanalar saroyida bayram dasturxoni yozildi. El tanigan san’atkorlar hosil yaratish yo‘lida ter to‘kayotgan ishchi, mexanizator, suvchi va pillakorlar xizmatida bo‘ldi. Nuroniy otaxonlar, yoshi ulug‘ onaxonlar kelgusi dehqonchilik yili oldidan Yaratgandan mo‘l hosil so‘rab duoga qo‘l ochdilar.
"Bu yilgi Navro‘z bayramini esda qolarli tarzda o‘tkazishga harakat qildik. Ishchi-xodimlarning kayfiyati qancha yuqori bo‘lsa, mehnat samaradorligi shuncha baland bo‘ladi. Shu bois ular uchun qulayliklar yaratish yo‘lidagi ishlarni izchil davom ettiramiz", — deydi "Qadir textile claster" MChJ rahbari Behzodbek O‘rmonov.
Mavzuga oid

18:38 / 16.01.2025
Paxta bo‘yicha birjadagi fyuchers savdolarida taklifni klasterlar kiritadigan bo‘ldi

11:58 / 15.01.2025
Turistik klaster maqomini olish tartibi tasdiqlandi

19:50 / 08.01.2025
Turistik klasterlarni tashkil etish tartibi belgilandi

16:59 / 02.11.2024