Huawei kompaniyasi Nova 9 SE smartfoni taqdimotini o‘tkazdi.
Yangi gadjet Qualcomm Snapdragon 680 protsessori bilan jihozlangan. Smartfon ekrani 6,78 dyuym bo‘lib, kadr chastotasi 90 Gs.
Asosiy kamera 108 megapikselga teng. Kamerada shuningdek, 8 Mp (keng burchakli obektiv bilan), 2 Mp (makro suratlar uchun) va 2 Mp (manzarani tahlil qilish uchun) datchiklar mavjud.
Nova 9 SE akkumulyatori sig‘imi 4000 mA·s. Smartfon HarmonyOS 2.0.1 operatsion tizimida ishlaydi.
Xitoyda tezkor xotirasi 8 va doimiy xotirasi 128 Gb bo‘lgan Nova 9 SE 340 dollar deb baholanmoqda. Tezkor xotirasi 8 va doimiy xotirasi 256 Gbli versiyasi esa salgina qimmat — 370 dollar.