Dollarning rasmiy kursi 11 ming so‘mdan oshdi

Iqtisodiyot 16:42 / 14.03.2022 24930

Markaziy bank 15 martdan boshlab kuchga kiruvchi O‘zbekistonda xorijiy valutalarning almashinuv kursini belgiladi.

Dollar kursi 34,97 so‘mga qimmatlab, 11033,03 so‘mga yetdi, yevro kursi — 53,8 so‘mga ko‘tarildi va bir yevro 12116,47 so‘mni tashkil etdi. Rubl kursi ham ko‘tarilgan — 3,02 so‘mga oshib, 97,81 so‘mga yetgan.

14 mart kuni tijorat banklarida Amerika valutasi 11050 so‘mdan sotila boshladi. Xarid kursi 10945 so‘mdan 10990 so‘mgacha bo‘lgan.

Bir yildan oshiq vaqt muqaddam — 2021 yilning yanvarida — dollar 10500 so‘mlik nuqtadan o‘tgandi. O‘tgan hafta oxirida dollarning so‘mga nisbatan kursi 40,70 so‘mga qimmatlab, 10 998,06 so‘mni tashkil qilgandi.

Bankers.uz ma’lumotiga ko‘ra, o‘zbek so‘mi bir haftada AQSh dollariga nisbatan 1,25 foizga qadrsizlandi - Respublika valuta birjasida so‘nggi bir hafta davomida AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi jami 135,76 so‘mga ko‘tarildi.

O‘tgan hafta boshida — 7 mart kuni Markaziy bank tomonidan 1 AQSh dollari 10 897,27 so‘m etib belgilangan edi. Hafta davomida kurs har kuni ko‘tarildi.

Taqqoslash uchun, 2021 yil davomida o‘zbek so‘mi dollarga nisbatan 3,4 foizga qadrsizlangandi.

Ko‘proq yangiliklar: