Toshkentda qalbaki 5 ming dollarni muomalaga kiritayotgan shaxslar ushlandi

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Toshkent shahri Uchtepa tumanida qalbaki AQSh dollarlarini sotayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Milliy gvardiyasi xodimlari bilan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.Q. va D.T. qalbaki kupyuralarni o‘tkazish maqsadida oldindan til biriktirib, jami 50 dona qalbaki 100 AQSh dollari kupyuralarini fuqaro N.ga 32 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

10:01 / 31.03.2024
Toshkentda qalbaki pullar berib fuqarolarni aldagan 2 nafar shaxs ushlandi

08:40 / 24.12.2023
Andijonda qalbaki 500 ming dollarni ayirboshlashga uringan shaxslar qo‘lga olindi

18:17 / 03.07.2023
Buxoroda 100 ming so‘mlik qalbaki banknota ishlab chiqargan jinoiy guruh ushlandi

16:53 / 14.02.2023